DO`STLARGA ULASHING:
Kesh xotira — kompyuter tezligining yashirin siri
Bu bu bu🖥 Oldingi postlarimizda biz operativ xotira (RAM), doimiy xotira (SSD/HDD) va video xotira (VRAM) haqida gaplashdik.
Endi esa kompyuterdagi eng tezkor, ammo eng kichik xotira turi — kesh xotira haqida so‘z yuritamiz.
💡 Kesh xotira nima?
Kesh — protsessor ichida joylashgan juda kichik, lekin juda tez ishlaydigan xotira.
Tez-tez kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni vaqtincha saqlaydi.
Ma’lumotlar “yonida” turgani uchun protsessor ularni SSD yoki RAM’dan qidirmaydi — shu sababli tez ishlaydi.
📌 Oddiy taqqoslash:
Doimiy xotira (SSD/HDD) — katta kitob javoni, hamma kitoblar shu yerda turadi.
Operativ xotira (RAM) — ish stoli, hozir foydalanayotgan kitoblar shu yerda.
Video xotira (VRAM) — rasm chizish uchun maxsus albom.
Kesh xotira — qo‘lingizdagi kichik daftar, eng kerakli yozuvlar yoningizda tayyor turadi.
🎨 Rassom misoli:
Tasavvur qiling, siz rasm chizayotgan rassomsiz. Eng kerakli qalam va o‘chirg‘ichni yon daftar ustiga qo‘yib olasiz. Har safar javondan qidirib kelish o‘rniga, qo‘lingiz ostidan olasiz. Mana shu — kesh xotiraning vazifasi.
⚡️ Nima uchun muhim?
Tezkorlikni oshiradi.
Dasturlar tez javob beradi.
Kompyuter umumiy ishini silliq, tez amalga oshiradi.