Koʻp homilali tugʻruq: egizaklar

DO`STLARGA ULASHING:

Koʻp homilali tugʻruq: egizaklar
90% holatlarda koʻp homilali tugʻruq natijasida egizaklar dunyoga keladi. Ularning soni koʻp homilali tugʻruqda dunyoga keladigan uchtali yoki toʻrttali chaqaloqlarning sonidan anchagina yuqori. Hozirgi paytda barcha tugʻilganlarning deyarli 3%i koʻp homilali tugʻruqlarga toʻgʻri keladi.

1 tuxum hujayrasi 1 spermatozoid bilan urugʻlansa, bir tuxumli yoki monozigot egizaklar hosil boʻladi. Deyarli darhol tuxum hujayrasi ikki qismga parchalanadi.

2 tuxum hujayrasi ozod etilib, 2 spermatozoid bilan urugʻlansa, turli tuxumli yoki oʻxshash boʻlmagan egizaklar paydo boʻladi. Oʻxshashlik nuqtai nazaridan, agar bitta biologik ota-onadan tugʻilgan aka-singillari bilan taqqoslansa, turli tuxumli egizaklar bir biriga oʻxshamaydi.

Egizaklar qiz yoki oʻgʻil bola boʻlishi ehtimoli odatda teng, va 50/50%ni tashkil qiladi. Ushbu koʻrsatkich bir homilali homiladorlik (bitta bola) natijasida tugʻilgan bolalarning paydo boʻlish tez-tezligiga mos keladi.

Jamoat fikriga zid ravishda, egizaklar tugʻilishi ehtimoli «avloddan avlodga oʻtmaydi». Har bir ona har bir avlodda egizaklar tugʻilishi ehtimoliga ega boʻladi.

Nima uchun bizning kunlarda egizaklar koʻp tugʻilmoqda?
Asosiy sabablaridan biri urugʻlantirishning yordamchi usullaridan foydalanish va reproduktiv tabiatga ega yordam oladigan juftliklar sonini oshishi. Avvallari, bepusht juftliklarga bolaga ega boʻlish imkoni juda kam hollarda taqdim etilgan. Biroq, zamonaviy usullar va reproduktiv texnologiyalar reproduktiv salomatlik sohasida muammosi boʻlgan juftliklarga homilador boʻlish imkonini bermoqda, avvalari esa bunday imkoniyat boʻlmagan. Homiladorlik koʻrinishida ijobiy yakun imkonini oshirish uchun anchadan beri 2ta yoki undan ortiq embrionni ekish amaliyotga kirgan.

Boshqa sababi esa- chala tugʻilgan bolalarni parvarishlash ancha yaxshi boʻlganligidir. Koʻp homilali homiladorlikda muddatidan ilgari tugʻish xavfi mavjud. Zamonaviy dunyoda kerakli muddatidan ancha ilgari tugʻilgan bolalarda ham yashab ketish imkoni mavjud.

Egizaklarni urugʻlantirish imkonini nima oshiradi?
  • Urugʻlantirishni qoʻshimcha usullari qoʻllashdan tashqari, eng muhim omillardan biri onaning yoshini oshirish hisoblanadi. Maʼlumki, egizaklarni urugʻlantirish imkoni ayol kishida 35 yoshdan keyin oshadi. Bu narsa yoshi oshgan sari ayol kishida estrogen gormoni sonining oshishi tufayli sodir boʻladi. Ushbu jinsiy gormon har oyda tuxumdonlar tomonidan tuxum hujayralarini ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi. Boshqa sababi shundan iboratki, yanada kattaroq yoshda follikullarni ragʻbatlantiruvchi gormon (FRG) yanada jadalroq ishlab chiqariladi, bu esa tuxumdonlarni giper ragʻbatlantirilishiga olib keladi.
  • Egizaklar urugʻlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi omillardan biri- oʻtmishda ayol homiladorliklarining soni hisoblanadi.
  • Afrikalik ayollarda egizaklarga homilador boʻlish ehtimoli yuqoriroq. Osiyolik ayollarda esa mazkur ehtimol eng past hisoblanadi.
  • Agar ayolning oʻzi egizak boʻlsa, yoki uning onasi yoki buvisi egizak boʻlgan boʻlsa, yoki uning egizak boʻlgan aka yoki opalari boʻlsa imkoni oshib boradi. Mazkur jarayon oʻzi bilan genetik nasldorlikni ifoda etadi, u tuxumdonlarni giper ragʻbatlantirilishi hisobidan ona tomonidan oʻtadi va muhim ahamiyatga ega. Turli tuxumli egizaklarni urugʻlantirish 1 emas, 2 tuxum hujayrasini ozod etilishidan boshlanadi.
  • Sunʼiy urugʻlantirish egizaklar urugʻlanishi ehtimolini oshiradi. Odatda bepushtlikni davolash uchun buyuriladigan preparatlar 1tadan ortiq follikulani yetilishi uchun tuxumdonlarni ragʻbatlantiradi. Urugʻlanish uchun tuxum hujayralari qanchalik koʻp boʻlsa, urugʻlantirish ehtimoli ham shunchalik ortadi.
  • Avvalombor, urugʻlantirish uchun siz barchasini toʻgʻri qilayotganligingizga ishonch hosil qilish. Ovulyatsiyani, menstrual tsiklni nazorat qilish, siz urugʻlanishga qodir boʻlgan kunlaringizda faol jinsiy hayot ham homilador boʻlishning muhim, balki asosiy omili ham demakdir.
Egizaklarim borligini qanday bilib olaman?
Siz ayon boʻlishidan ancha ilgari egizaklarga homilador ekanligingizni gumonlashingiz mumkin. Birinchi simptomlaridan biri kuchli koʻngil aynishi va maʼlum bir ozuqaga nafratingiz boʻlishi mumkin. Agar erta homiladorlikning butun simptomatikasini his qila olsangiz, bu narsa undan oʻn barobariga kuchliroq deganidir. Hidlar yorqinroq boʻlib qoladi, qovuq hattoki siydikning oz miqdorini ham ushlab turishga qodir emasdek, siz kuchingiz ketayotganini his qilasiz, koʻkrak esa butun koʻkrak qafasini egallab olayotgandek. Bu narsa homiladorlik gormoni, OXG, juda koʻp miqdorda ishlab chiqilishi va organizmingizga uning taʼsiri ayon boʻlib qolishi bilan bogʻliq.

Agar 1 bolaga homilador boʻlish bilan taqqoslansa, belgilari ancha ertaroq yanada «yorqinlashib» boradi. Tabiiyki, 1 bola ikki barobar koʻproq joy egallaydi. Odatda, bachadon tosdan koʻtarilishni boshlagan 12 haftagacha ayol kishi katta oʻzgarishlarni sezmaydi. Lekin egizaklarga homiladorlikda oʻsib borayotgan qorinni uchinchi trimestrning oxiriga ancha oldin sezish mumkin.

Boshqa aniq belgisi- bu ayol kishi odatdagidan avvalroq sezadigan koʻpgina harakatlar. Homila qimirlashini boshlanishi- bu rasmiy atama, u homiladorlikda homilani birinchi qimirlashlarini nazarda tutadi. Odatda, birinchi tugʻayotgan onalarda u 16 haftagacha, ilgari tugʻgan ayollarda 14 haftagacha namoyon boʻlmaydi. Biroq, egizaklarga homiladorlikda dastlabki harakatlar juda aniq boʻlishi mumkin. Bir homilali homiladorlikka qaraganda egizaklar bachadon boʻshligʻini ancha oldin toʻldirishni boshlaydi, va oʻsgan sari bachadon devorlariga teginadi.

Shuningdek, egizaklarni mavjudligini UTT paytida ham koʻrish mumkin. Ayrim hollarda, homilador ayol 18 haftada ultratovushli skanerlash oʻtkazilmaguncha egizaklar boʻlishini bilmaydi, ayrimlar buni 12 haftada oʻtkazadi. 12 haftalik muddatdayoq UTT yordamida egizaklarning turini aniqlash mumkin.1 Afsuski, bir tuxumli egizaklar gestatsion yosh uchun massa yetishmovchiligi kabi tugʻma nuqsonlar va asoratlar rivojlanishining yuqori xavfiga duchor. Ikki tuxumli egizaklar bilan homiladorlikda odatiy parvarish talab qilinadi, biroq, sinchkov nazorat shartida, ayniqsa onada muddatidan ilgari tugʻish xavfi yuqori boʻlsa.

Egizaklarni aniqlash imkonini beruvchi boshqa usul dopplerografiya hisoblanadi, unda 2 yurakning urishi eshitiladi.

Oʻxshash/monozigot/bir tuxumli egizaklar
Hisob-kitoblarga koʻra, uchta egizak juftidan bitta jufti bir tuxumli ekan. Ular 1 spermatozoid bilan urugʻlangan 1 tuxum hujayrasidan paydo boʻladi, shuning uchun har bir egiz bitta genetik materialga ega. Ular bir birlariga juda oʻxshash, va ularni ajratib olish qiyin.

Aslida, urugʻlanishdan keyin bunchalik erta davrda embrionni boʻlinishi nimadan sodir boʻlishi tushunarli emas. Mazkur jarayon tegishli tarzda oʻrganilmagan, va koʻpgina nazariyalar keltirilganligiga qaramasdan, bir tuxumli egizaklarga boʻlinish nimadan sodir boʻlishini aniq tushuntirishi yoʻq.

Bir tuxumli egizaklarni shakllanishi homiladorlikning erta bosqichlarida sodir boʻlishiga qaramasdan, urugʻlangan tuxum hujayrasi 2 qismga turli bosqichlarda parchalanishi mumkin. Bu ikki hujayrali bosqichda 2-chi kuniga, blastotsistaning erta bosqichida 4-chi kuniga yoki blastotsistaning kech bosqichida 6-chi kuniga sodir boʻlishi mumkin. Tuxum hujayrasi 2 qismga parchalanadigan bosqich urugʻlangan tuxum hujayralari bachadon devorining qaysi nuqtasiga joylashishini aniqlab beradi. Embrion 8 hujayra bosqichiga yetishi bilan, homilaning DNKsi ishga tushadi.

Tuxum hujayrasi parchalanadigan bosqich ham har bir bolaning oʻzini homila atrofi qobigʻi va yoʻldoshi boʻlishini, yoki uning ikkala homila uchun ham yagona boʻlishini belgilab beradi. Aslida, tuxum hujayrasi qanchalik erta parchalansa, har bir egizning joylashishi shunchalik mustaqil boʻladi. Har birining oʻzini amnioni, xorioni va yoʻldoshi boʻladi.

Erta parchalanish ham blastotsistaning kech bosqichida ajraladigan embrionlarga nisbatan egizaklar ehtimol, kamroq bir-biriga oʻxshashligini bildiradi. Aytishlaricha, bir tuxumli egizaklarning toʻrtdan bir qismi bir-birining oynadagi aksi ekan. Bu demakki, bir egizning chap tomoni ikkinchi egizning oʻng tomoniga aniq mos keladi. Bu juda ham ajoyib!

Bir tuxumli egizaklarda DNK va genetik kodi bir xil boʻlishiga qaramasdan, ularning har biri noyob kichik shaxs hisoblanadi. Ular tugʻilishida kam farq qiladi va bir birlarining kichik kloni boʻlib koʻrinishi mumkin, lekin bunchalik emas. Bir tuxumli egizaklar ulgʻaygan sari ularning noyob sifatlari (ayniqsa shaxsiyatiga doir) yana ham koʻzga koʻrinarli boʻlib boradi. Ularni tarbiya qilayotgan muhit, hamda ularning noyobligi katta shaxsni shakllanishini taʼminlaydi. Bu dunyodagi har qanday boshqa bolanikidek sodir boʻladi.

Oʻxshamas/dizigot/turli tuxumli egizaklar
Aksariyat egizaklar bir-biriga oʻxshamaydi; 3 juft egizaklardan taxminan 2 jufti ushbu toifaga kiradi. Ular shuningdek, 2 alohida tuxum hujayralari 2 alohida spermatozoidlar bilan urugʻlanganda paydo boʻladi. Shuning uchun ushbu egizaklarning genetik tavsiflari oddiy aka va singillarinikidan koʻp emas.

Ikki tuxumli egizaklar bir jinsli ham, har xil jinsli ham boʻlishi mumkin. Statistikaga koʻra, oʻgʻil va qiz bola boʻlish ehtimoli teng ekan.

Ikki tuxumli egizaklar bitta biologik ota-onasi boʻlgan oʻzining boshqa aka va singillaridan farq qilmaydi. Yagona farqi shundaki, ular deyarli tasodifan bitta oyda urugʻlanib, bitta homiladorlik paytida «onaning qornida» joy boʻlishib yotishgan.

Ikki tuxumli egizaklarga homilador boʻlish moyilligi, odatda, nasldan oʻtadi. Bitta menstrual tsikl paytida giperovulyatsiyaga boʻlgan moyillik genetik belgi hisoblanadi. Onalari, buvilari, xolalari yoki opalari egizaklarni tugʻgan ayollarda, ikki tuxumli egizaklarga homilador boʻlish ehtimoli oshib boradi. Shuna qayd etish joizki, agar ona egizaklardan biri boʻlsa, uning oʻzida ham egizaklar tugʻilishi mumkin.

Ikki tuxumli egizaklarning har biri ona organizmida oʻzining «boʻshligʻida» joylashadi va shaxsiy amniotik qobiqqa ega. Umumiy yoʻldosh yoʻq, har birining oʻzini yoʻldoshi mavjud. Bir tuxumli egizaklardan farqli ravishda, ikki tuxumli egizaklar har xil yoki bir xil jinsda boʻlishi mumkin: ikkalasi ham bir xil yoki har xil jinsda boʻlishi mumkin. Taxmin qilinishicha, ikki tuxumli egizaklarning jinsi bir xil yoki har xil boʻlish ehtimoli teng ekan.

Egizaklarga homilador boʻlish xavflimi?
Homiladorlikning eng xavfli «turi» ikki tuxumli egizaklarga homilador boʻlish ekan. Bu narsa har bir homilaning oʻzini yoʻldoshi va amniotik qobigʻi borligi uchun sodir boʻlar ekan.
  • Agar bir tuxumli egizaklarning yoʻldoshi umumiy boʻlsa, unda ular feto-fetal transfuziya sindromi (FFTS) rivojlanishiga koʻproq duchor boʻlar ekan. Koʻpincha bu narsa shunga olib keladiki, 1 egiz boshqasiga qaraganda koʻproq ozuqa oladi va, natijada, tugʻilishida kattaroq vaznga ega boʻladi. Monozigot egizaklarning taxminan 15%ida ayrim darajada FFTS qayd etilishi ehtimoli mavjud.
  • Agar egizaklarda bitta amniotik qobiq boʻlsa kindik oʻralishi va qisilib qolishi mumkin. Bu koʻpincha onaning qornida joy kamligidan sodir boʻladi.
  • Shuningdek, bunday homiladorlikning kamchiliklaridan biri gestatsion yosh uchun hajmning kichikligi yoki qorin ichida oʻsishning cheklanganligi hisoblanadi. Bir homilali homiladorlik natijasida tugʻilgan, shu kabi gestatsion davrdagi bolalarga qaraganda, odatda, tugʻilganida egizaklarning vazni ancha kamroq va yengilroq boʻladi.
  • Siam egizaklari: ushbu hodisa haqida ota-onalar ertaroq bilishadi, chunki uni homiladorlik paytida UTT qilinganida aniqlash mumkin.
    Bir tuxumli va ikki tuxumli egizaklarga ham homiladorlik paytida homila tushishining, hamda homiladorlik va tugʻruq paytida asoratlarning yuqori xavfi mavjud.
  • Shuningdek, muddatidan ilgari tugʻishning va u bilan bogʻliq patologiyalarning yuqori ehtimoli mavjud.
  • Kesarcha kesish yoki yordamchi tugʻruqlarni oʻtkazishning, jumladan qisqichlarni yoki vakuumli ekstraktsiyani qoʻllashning xavfi yuqori. Odatda, egizaklarga homilador boʻlgan ayollar qin orqali tugʻayotganida epidural anesteziyani yuborish yoki epiziotomiyani oʻtkazish zarur. Shuning uchun asoratlar ehtimolini kamaytirish uchun tugʻruq jarayonini shifokor va akusher nazorat qilishi kerak. Vaginal tugʻish imkoni faqatgina birinchi egizning boshi pastga qaraganda, ikkinchi egizning vazni esa unchalik koʻp boʻlmaganda, yaʼni birinchisidan 500 g dan ortiq boʻlmagan hollarda koʻrib chiqiladi. Shunga qaramasdan, egizaklar koʻp hollarda kesarcha kesish orqali tugʻiladi.
Ona uchun odatdagi egizak homiladorlikning asoratlariga quyidagilar kiradi:
  • Odatda homiladorlar giperemezisi bosqichiga oʻtib boradigan ertalabki darmonsizlik (oʻta koʻp qusish)
  • Gestatsion diabet
  • Preeklampsiya
  • Muddatidan ilgari tugʻruq: agar ona egizaklarga homiladorlik paytida homilani 38 haftagacha koʻtara olsa, bu demakki, uning ahvolini barqaror deb atash mumkin.
  • Kesarcha kesish: xususan, agar bu onaning birinchi tugʻishi boʻlsa va u oldin tugʻmagan boʻlsa
  • Qon ketishi/yoʻldosh joylashishi/yoʻldosh koʻchishi
  • Shuningdek, homiladorlik bilan bogʻliq gipertoniyaning, koʻp suvlikning (homila atrofi suyuqligining ortiqcha miqdori) va temir tanqisli anemiyaning yuqori xavfi mavjud.
Bolaning umumiy egizak asoratlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • Tugʻilishida kichik vazn
  • Muddatidan ilgari tugʻish
  • Sariq kasalligi
  • Emizish bilan muammolar
  • Tugʻruqdan keyin shifoxonada uzoq muddat qolib ketish
  • Ayrim hollarda bolalarda tana haroratini ushlab turish va qonda qand darajasini barqarorlashtirish bilan muammolar
  • Bolalar kichik tugʻilganligi sababli infektsiya yuqishi xavfi va infektsiyaga sezuvchanlik
  • Nafas olishda muammolar paydo boʻladi
Egizaklar bir xil yoki yo’qligi qachon aniq bo’ladi?
Tugʻilishida egizaklar bir tuxumli yoki ikki tuxumli ekanligini tushunish qiyin. Bu juda kamdan-kam hollarda sodir boʻladi, biroq ayrim bir tuxumli egizaklar bitta amniotik qobiqda emas, turli homila qobiqlarida tugʻilishi mumkin. Odatda turli tuxumli egizaklarning yoʻldoshlari har xil, bitta tuxumlilarda esa- bitta.

100% aniqlash uchun DNK testi oʻtkaziladi. Bu bolalar qaysi egizaklar turiga kirishini aniqlashning oddiy usuli. Ayonki, bolalarning jinsi bir hil boʻlsa, test oʻtkazishni maʼnosi yoʻq, lekin koʻpchilik ota-onalar test oʻtkazishni afzal koʻrishadi. Test paxtali tayoqcha yordamida ogʻizdan yanoq ortidan soʻlak hujayralarini yigʻish (ogʻriqsiz) orqali oʻtkaziladi, ular keyin test oʻtkazish uchun laboratoriyaga yuborilishi mumkin. Bir tuxumli egizaklarning DNKsi bir xil boʻlishi mumkin, ikki tuxumli egizaklarda esa ushbu koʻrsatkich 1/2ni tashkil qiladi. Tekshirishning yana bir usuli- qon guruhini tahlili. Agar egizaklarning qon guruhi bir xil boʻlsa, ehtimol, ular bir tuxumlidir.

huggies.uz

Оставьте комментарий