Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuniga bag`ishlangan tadbir ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuniga bag`ishlangan tadbir ssenariysi
Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuniga bag`ishlangan tadbir ssenariysi.
1-boshlovchi  : Istiqlol bunchalar go`zal bu noming,
Non kabi e`zozli jondek shirin bol .
Yer shari yo`lladi otashin salom
Assalom o`zbegim qutlug` istiqlol!
2-boshlovchi : Assalom maktabim muqaddas dargoh
Assalom ustozlar  kasb kori saboq
Assalom do`stlarim menga qo`sh qanot
Sinfdosh hayotga ishonch bilan boq
1-boshlovchi : Bugun dunyo tanigan Vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shayotgan aziz mehmonlar assalomu alaykum .
2-boshlovchi : Umrining aziz damlarini o`quvchilar ilm olishiga sarflayotgan aziz ustozlarassalomu alaykum
1-boshlovchi : Dunyoning barcha shodliklarini ortidan ergashtirayotgan aziz ukajonlarim assalomu alaykum
2-boshlovchi : Birinchi qo`ng`iroq tantanalarining aziz sohibi sohibalari assalomu alaykum
1-boshlovchi : Bugun  qalbimizda o`zgacha shukuh
 2-boshlovchi : Kechagina dillarimizni hayajon ga solgan so`nggi qo`ng`iroq sadolari Bizni bugun birinchi qo`ng`iroq sari yetaklayapdi .
1-boshlovchi :
Davralarning to`ri siz uchun ustoz
Maqtovlarning zo`ri siz uchun ustoz
Siz bor maktablarning fayzi bo`lakcha
Siz bor kuylagan kuyning avji o`zgacha
Siz ekkgan gullarning avji o`zgacha.
Qalbimizning qo`ri siz uchun ustoz,
Maqtovlarning zo`ri siz uchun ustoz.
2-boshlovchi: Assalom ona yurt tonglar o`lkasi
Ta`rif, tavsifingning yo`q nihoyasi.
Senga bag`ishlanur muqqaddas qo`shiq
Birgalikda: Bu o`zbek elining o`z madhiyasi.
(O`zbekiston Respublikasi madhiyasi o`quvchilar tamonidan ijro etiladi)
1-boshlovchi : Bugungi bayramona kechamizda bizning quvonchli onlarimizga sherik bo`layotgan aziz mehmonlar yana bir bora xush kelibsiz, ishonchimiz komil biz uchun ajratgan qadrli onlaringizdan afsus chekmaysiz degan umiddaman
1-boshlovchi Sizning tashrifingiz  biz uchun faxr ,
Shoir tavsifida aytigan axir .
Dunyoning shodligi yig`ilsa butun
Do`stlar diydoridan  bo`lolmas ustun .
2-boshlovchi : Raxmat iliqdil izxorlaringiz uchun qo`limiz ko`ksimizda ta`zimdamiz .
2-boshlovchi : Go`zallardan go`zal jannat makonim
Sen o`zingsan tanxo O`zbekistonim
Asrlarga yuz tutgan ulug` makonim
Jannat bo`yidagi gulsan Vatanim .
1-boshlovchi : Ulug` donish ajdodlarim  beshigisan
Taraqqiyot  kalitining eshigisan
San`atkorning aytgan qo`shig`isan
G`olib farzandlarining yutug`isan Vatanim .
1-o’quvchi: Vatan sening nomingni,
Doim kuyga solaman.
Farzandlik burchin oqlab
Senga sodiq qolaman.
2-o’quvchi: Istiqlol ulug` ne’mat,
Bobolarim orzusi.
Momolarim duosida,
Mangu, ma’vo qolg`usi.
3-o’quvchi: Ona yurtim, bog`laring chaman,
Istiqloling abadiy bo’lsin.
Sen suyukli, ulug`san,
Yagonasan, muqaddas Vatan.
4-o’quvchi: Sen buyuk, muqaddassan,
Onajon – O’zbekiston.
Ayyoming bo’lsin qutlug`
Zavol ko’rma hech qachon
2-boshlovchi : Azizlar, bizning eng beg`ubor damlarimiz o`tgan aziz dargoh qaysi deb e`tirof eta olasiz?
1-boshlovchi : Albatta, jonajon maktabimizdir.
Salom nurli maskanim,
Salom qadrdon do’stlar.
Salom sirdosh kitoblar
Bari murodga eltar.
1-o’quvchi: Maktabim – jonajon maskan,
Qadrdon – onajon maskan.
Sen qalbimga ziyo berding
Muqaddas, mehribon maskan.
2-o’quvchi:Seni intizor kutdik,
Birinchi qo’ng`iroq.
Maktab bag`riga keldik
Olay deb saboq.
3-o’quvchi:Ziyo maskan bog`ingda,
Eng sara gullar terdim.
Bag`ringda ulg`ayib men
Sen-la, kamolga etdim.
2-boshlovchi : Bu ulug’ dargohimizga jajji ukajon va singillarimizni taklif  qilamiz. Marhamat.
                         Davraga chorlaymiz sizni ukajon
Keling quvonchiiz siz ila to`lsin
 Dunyoda beg`ubor farishtaginam
Kelajagi buyuk ukajonginam
2-boshlovchi :Bugungi shodiyona  damlarimizga yakun yasash payti yetdi nazarimda
1-boshlovchi :Albatta, demak bilimlar kuni va Mustaqillik kuniga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi.
1-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni ,
      Jarangi borliqni larzaga solsin .
                        Sog`inib , sog`inib kutgan dargohga
                        Ustozlar qoshiga boshlasin bizni
2-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni ,
                         Bu sasni qanchalik orziqib kutdik
                        Chorlagin bizlarni sinfimiz sari,
                         Nurli ovozi ko`ngini   yoqsin   .
1-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni ,
                         Jarangi borliqni larzaga solsin .
                         Sog`inib , sog`inib kutgan dargohga
                         Ustozlar qoshiga boshlasin bizni
2-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni ,
                        Bu sasni qanchalik orziqib kutdik
                        Chorlagin bizlarni sinfimiz sari,
                        Nurli ovozi ko`ngini   yoqsin.

Оставьте комментарий