Ko‘k chuchvara

DO`STLARGA ULASHING:

Chuchvarani tayyorlash uchun bir dona tuxum solib qattiqroq xamir qoriladi. O‘rtacha kattalikda zuvalachalar yasalib, ular tinishi uchun 15 daqiqa o‘rab qo‘yiladi. So‘ngra xamirdan yong‘oqdan kichikroq hajmdagi zuvalachalar tayyorlanib, jo‘va yordamida uncha katta bo‘lmagan piyola kattaligida yupqa qilib yoyiladi. Keyin ularni bittalab nomakob (sho‘r suv) yordamida ikki tomonini yopishtirib xaltachalar yasaladi.
Qiymasiga: yangi uzilgan bedani suvda qaynatib pishirib olgach, sovutib, go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. So‘ngra masalliqqa 5-6 dona tuxum, 5-6 osh qoshiq suv, shuncha yog‘ (salat yog‘i yoki sariyog‘), ta’bga ko‘ra tuz, murch qo‘shiladi.
Yarim oy shaklidagi xamir xaltachalarga birin-ketin qoshiq yordamida qiymani quyib, xaltachaning og‘zi yopishtiriladi va qaynab turgan tuzli suvga solinadi. 4-5 daqiqa ichida qaynab qozonning yuzasiga chiqqan chuchvara (barak)ni laganchalarga olib ustiga qatiq, smetana yoki sariyog‘ surtib dasturxonga tortiladi.
M. XO‘JAMURODOVA
soglom.uz/tavsiya/kok-chuchvara/

Оставьте комментарий