Klaviatura haqida gapiradigan bo’lsak, klaviatura kompyuterning asosiy kirituvchi qurilmasi hisoblanadi. Chunki bu orqali biz kompyuterga turli buyruqlarni kiritishimiz, hujjatlar bilan ishlay olishimiz, turli funksialarni bajarish imkoniyatiga egamiz. Keling uning tuzilishini o’rganib chiqamiz.
1-rasm. Klavishlarning vazifasiga qarab funksional guruhlarga bo’linishi
Klavishlarning boshqaruvchilar — bu klavish guruhi esa alohida yoki boshqa klavishlar bilan ishlatilgan holatda aniq bir vazifani bajarishi uchun ishlatiladi; Funksional klaviaturalar — bu klavishlar aniq bir masalalar uchun ishlatiladi. Ular aniq nomlarga ega ya’ni F1, F2, F3 va to F12 gacha; Kirituvchi klaviaturalar — bu klavish guruhi harflar, sonlar, belgilardan tashkil topgan. Klaviaturaning asosiy qismi hisoblanadi; O’tkazuvchi klaviaturalar — bu klavishlarni vazifasi veb sahifalarni, yoki biror word hujjatlarni tahrirlashda va ko’rishda yuqori-pastga, o’ng-chapga, bosh-oxiriga o’tkazishda va shu kabi funksial uchun ishlatiladi; Raqamli klaviaturalar — raqamlar bilan tezroq ishlash uchun ishlatiladi; Indikatorlar — klaviaturaning holati haqida gapiaradi ya’ni (chapdan o’ngga qarab) 1-indikator yonganda esa biz yozuv uchun katta harflardan foydalanayotganimizni bildiradi (ma’lumot uchun katta harflar (QWERTY) kichik harflar esa (qwert), buni yoqish klaviaturadgi «Shift» klavishidan foydalaniladi), 2-indikator yonsa biz raqamli klaviaturadan foydalana olishimiz mumkinligini bildiradi (buni yoqish uchun «Num Lock») dan foydalaniladi, 3-indikator «Scroll Lock» yongani haqida bildiradi ya’ni odatiy holatda o’tkazuvchi klaviaturadagi tepaga, pastga, chapga, o’ngga o’tkazuvchi klavishlar kursorni bitta-bitta sursa, «Scroll Lock» yonganda esa kursor joyida turadi lekin sahifaning o’zi tepaga, pastga va ikki yonga surila boshlaydi.
Endi bu klaviatura orqali amalga oshiriladigan bir necha asosiy va ko’p ishlatiladigan tezkor klavishalarni ko’rib chiqsak:
1. F1 – Windows bilan ishlash uchun yordam olish klavishasi (ish stolida turgan holatda). Buning afzalligi shundaki bu klavisha orqali istalgan dasturning yordam bo’limiga o’tish mumkin;
2. F2 – biror fayl yoki hujjatning ustiga sichqonchani bir marta bosib so’ng bu klavishani bossangiz shu fayl yoki hujjatni nomini o’zgartirish uchun tahrirlash ochiladi;
3. F5 – bu klavisha orqali siz Windows dagi Refreshni klavisha orqali bosishingiz mumkin (Refresh ning ma’nosi shuki u protsessor uchun foydalanuvchi men hech qanday amal bajarmayabman degan signalni yuboradi);
4. CTRL+ESC va “Windows Logo” – bu klavishalar Windows ning pusk (Start) tugmasini ochish uchun ishlatiladi;
5. ALT+TAB – dasturlardan dasturlarga o’tish klavishalari;
6. ALT+F4 – dasturdan chiqish yoki yopish;
7. SHIFT+DELETE – biror fayl va hujjatni xotiradan butunlay o’chirib tashlash;
8. Windows Logo+L – Windows dagi foydalanuvchini blok holatiga o’tkazish (ya’ni parol o’rnatilgan bo’lsa shu holatga yoki oddiygina bitta tugma orqali kirish muhitiga o’tkazish);
9. CTRL+C – bu klavishalar biron fayl yoki hujjatni nusxalash uchun ishlatiladi;
10. CTRL+X – bu klavishalar esa asl fayl yoki hujjatning o’zini buferga ko’chirish uchun ishlatiladi;
11. CTRL+V – nusxalangan yoki buferga ko’chirilgan fayl yoki hujjatni o’zimiz tanlagan joyga qo’yish vazifasini bajaradi;
12. CTRL+Z – qandaydir bajarilgan ishni orqaga qaytarish uchun ishlatiladi (bu amalga oshmaydigan holatlar mavjud);
13. SHIFT+F10 – bu orqali siz bir necha belgilangan fayllarni nima qilish uchun amallar oynasi ochilish imkonini beradi;
14. CTRL+SHIFT+ESC – bu orqali biz “Диспечер задач” ni ochishimiz mumkin (WINDOWS 7, 8, 8.1, 10 da biroz o’zgarish mavjud);
15. CTRL+A – biz turgan joydagi hamma fayl yoki hujjatlarni birdan belgilash imkoniyatini beradi;
16. CTRL+Z – bajarilgan qandaydir amalni bitta orqaga qaytarish (asosan word hujjatlarda);
17. CTRL+Y – bajarilgan qandaydir amalni bitta oldinga o’tkazish (asosan word hujjatlarda);
18. CTRL+ALT+PRINT SCREEN (PrtSc) – bu klavishalarning vazifasi biror biz ishlab turgan dasturning o’zinigina rasmga olish imkonini beradi;
19. Windows Logo+PRINT SCREEN (PrtSc) – buni esa butun oynani rasmga olish uchun ishlatiladi;
20. Windows Logo+R – bajaruvchi oynani “Выполнить” ni ochish imkonini beradi;
21. Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini masalalar paneliga tushiradi;
22. SHIFT+Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini bizga qayta ochib beradi;
23. Windows Logo+D — hamma ishlab turgan dastur oynalarini masalalar paneliga tushiradi va hamma ishlab turgan dastur oynalarini bizga qayta ochib beradi;
24. Windows Logo+E – “Этот компьютер” ni bizga ochib beradi;
25. Windows Logo+Break – biz o’rnatgan operatsion tizim va kompyuterning asosiy harakteristikalarini ko’rsatib beradi; ( ESLATMA!! ! Windows Logo bu WINDOWS ning rasmi tushurilgan klavishasi hisoblanadi)