Ko‘p terlashni davolash.

DO`STLARGA ULASHING:

Ko‘p terlashni davolash.

🔅Vaqtida davolanmalik o‘ziga xos noqulayliklar tug‘diradi. Masalan, ko‘p terlaydigan odamlarning terisida maxsus bakteriyalarning rivojlanishiga sharoit paydo bo‘lishi va natijada o‘ziga yarasha atrofga yoqimsiz xid taratishi mumkin.

📚Bunday paytlarda turli xil qimmatbaxo kosmetik arsenallar (antipersperantlar, spreylar, losonlar yoki dezodorantlar) orqali vaqtincha bo‘lsa xam qutulish mumkin. Ammo nevrolog va psixoterapevtlar fikricha kasallik belgisini emas, sababini davolash effektivroq xisoblanadi. Oyoqlarni terlashini davolamaslik ularda zamburug‘lar rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Medikamentoz usullar.

📚1. Ko‘p terlashni oxirgi yillarda botoks in’eksiyalari orqali davolash yo‘lga kuyilmoqda. Buning moxiyati shundaki, muskullarga ukol qilish orqali birinchidan terining tashqaridan chiroyli qurinish beriladi ikkinchidan ter bezlariga beriladigan impulslarni uzib ko‘yish ta’minlanadi va ularning ortiqcha faoliyatiga chek qo‘yiladi.

📚2. Maxsus dori vositalarini qo‘llash orqali. Masalan vrach patsiyentga kaftlarga tianin, glutaraldegid, geksaxlorid aluminiy va shu kabi vositalar bilan kompress yoki vanna qilishni tavsiya qilishi mumkin.

📚Ammo bu preparatlar birinchidan kuchli allergen xisoblanadi va ikkinchidan vaqtinchalik bo‘lib, terlash ko‘p bo‘lganda va ayniqsa uning kelib chiqishi irsiy bo‘lsa kuchliroq usullar tanlanadi.
3. Ortiqcha ko‘p terlashni jarroxlik usuli bilan davolash 95% li effekt bermoqda. Ayniqsa bu usul nafaqat kaft va qo‘llar balki tananing umumiy terlash turida keng qo‘llanilmoqda.

Оставьте комментарий