Koreya Respublikasi ta’lim tizimi

DO`STLARGA ULASHING:

Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘lgan 1945-yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894-yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin.1881-yili Koreyadagi Choson hukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshladilar.
Bu o‘z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. Garchi 1882-yili maxsus qo‘shin uchun darslar to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1894-yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895-yildan boshlang‘ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900-yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan «Xususiy maktablar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilindi. 1910-yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta’lim tizimini keskin o‘zgartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911-yil 23-avgsutda qabul qilingan «1-Choson ta’lim buyrug‘i» amal qildi.
Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni, mahalliy xalq faqat
4 yil mobaynida boshlang‘ich ta’lim olar, o‘rta va oliy ta’lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o‘ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo 1919-yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya hukumati biroz yon berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish kiritib, boshlang‘ich ta’lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi. 1922-yil 4-fervralda «3-Choson ta’lim buyrug‘i» qabul qilindi. Bu buyruqqa ko‘ra, ta’lim muddatlari uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, 1924-yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi.
Oddiy maktablar va boshlang‘ich maktablar, yuqori va o‘rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943-yil 3-avgustda «4-Choson ta’lim buyrug‘i»imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim sohasidagi zo‘ravonligi kuchadi. Jumladan, o‘rta va yuqori maktablarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o‘laroq, 1944yilgi Koreya Umumiy Arxiv qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo‘g‘i 13,8%ni tashkil etgan. 1945-yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya  mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda  Koreyada tabiiyki boshqa sohalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo «Ta’limni rivojlantirish qo‘mitasi» tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo‘yildi. Ta’lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963-yillardan boshlab esa ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor kuchaydi. 1981-yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan ta’qiqlab qo‘ydi.  Lekin maktabda mustaqil shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992-yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun hukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.
Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1-martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga huquqli bo‘lib, buning uchun maktab ma’sul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1-mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan
2-martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi «zinapoya» vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1-martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi), Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz xo‘jaligi, axborot), maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab), texnika maktablari, chet tili maktabi, jismoniy tarbiya maktabi, san’at maktablari. Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Manba: www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2826

18 комментариев к “Koreya Respublikasi ta’lim tizimi”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: hornymilfchat.com

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: 이천속눈썹펌

  6. Уведомление: Scrum Velocity

  7. Уведомление: เงินด่วน 10 นาทีโอนเข้าบัญชี

  8. Уведомление: how to buy mushrooms online in animal crossing

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: anti screenshot

  11. Уведомление: voir ce site

  12. Уведомление: drinking game

  13. Уведомление: legit weed

  14. Уведомление: ยูฟ่า191

  15. Уведомление: buy golden teacher mushroom online china,

  16. Уведомление: 다시보기

  17. Уведомление: vigrxplus

  18. Уведомление: psilocybin mushroom capsules for sale

Комментарии закрыты.