Ka Ke Bo - Yaponcha xarajatlarni hisobga olish tizimi

Ka Ke Bo — Yaponcha xarajatlarni hisobga olish tizimi

DO`STLARGA ULASHING:

Ka Ke Bo — Yaponcha xarajatlarni hisobga olish tizimi

Yapon tilidan tarjima qilinganda Kakebo — uyni tejash kitobi degani. Kakebo usuli yordamida budjetingizni kuzatib borish uchun sizga ikkita daftar kerak bo’ladi:

Katta daftar — barcha daromadlarni hisobga olish, xarajatlar va jamg’armalarni rejalashtirish;

Kichik daftar — kunlik barcha xarajatlarni yozib borish uchun.

Katta daftarni rejalar daftari desa ham bo’ladi va 3 qismga bo’linadi:

✔️ Oylik daromad rejasi

✔️ Oylik jamg’arma rejasi;

✔️ Oylik xarajatlar rejasi.

Majburiy xarajatlar (uy-joy, kommunal to’lovlar, shartnomalar, kreditlar va boshqalar) chegirib tashlanganidan qolgan pul to’rt toifaga bo’linadi:

1️⃣ Yashash xarajatlari: oziq-ovqat, xo’jalik buyumlari, kiyim-kechak…

2️⃣ Ta’lim xarajatlari: kitoblar, kurslar, treninglar, muzeylar…

3️⃣ O’yin-kulgi xarajatlari: do’stlar bilan uchrashish, kino, sayohatlar…

4️⃣ Boshqa xarajatlar: kutilmagan hamda ixtiyoriy xarajatlar…

Оставьте комментарий