Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi haqida 10 ta qiziqarli faktlar

DO`STLARGA ULASHING:

Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi haqida 10 ta qiziqarli faktlar

1⃣ Avstraliyadagi «Havo maktabi» olis hududlarda yashovchi oʻquvchilarga radio signallari orqali darslarni uzatadi.

2⃣ Dunyodagi barcha maktablar ichida eng kattasi Hindistonda joylashgan. U «City Montessori» maktabi deb ataladi va unda 32 000 dan ortiq o’quvchi bor.

3⃣ Xitoy bolalar eng koʻp uy vazifasini bajaradigan mamlakatdir. Shanxaylik o’smirlar haftasiga 14 soat stolda o’tirib dars tayyorlashadi.

4⃣ Pokistonda yashovchi bolalar bepul taʼlim olish huquqiga ega emaslar va majburiy taʼlim faqat besh yoshdan toʻqqiz yoshgacha davom etadi.

5⃣ Chilida yozgi taʼtil dekabr oʻrtalaridan mart oyining boshigacha davom etadi va bolalarga uch oylik taʼtil beriladi.

6⃣ Eng qisqa oʻquv yili va eng uzun oʻquv kuni boʻlgan mamlakat bu —  Fransiyadir.

7⃣ Germaniyada bolalarga qalam, mini-kitoblar, ruchkalar va boshqa sovgʻalar bilan toʻla «Schultüte» nomli maxsus konus beriladi, ularni faqat maktabni boshlaganlarida ochishlari mumkin.

8⃣ Kanadalik bolalar koʻp darslarini ham fransuz, ham ingliz tillarida oʻrganishadi.

9⃣ Braziliyada tushlik juda muhim voqea hisoblanadi. Bolalar maktabni ertalab soat 7 da boshlaydi va tushda ota-onalari bilan ovqatlanish uchun uyga ketadi.

🔟 Gollandiyadagi bolalar barcha maktabni to’rtinchi tug’ilgan kunlarida boshlaydilar, shuning uchun har doim sinfga kimdir yangi o’quvchi bo’ladi.

Оставьте комментарий