Lichess – shaxmatni onlayn o‘ynaymiz

DO`STLARGA ULASHING:

♟ (https://telegra.ph/file/5ca1b5852349717e8e546.png)Lichess – shaxmatni onlayn o‘ynaymiz

Lichess (https://lichess.org/) – tezkor va standart shaxmat partiyalari uchun eng yaxshi saytlardan biridir. Tezkor o‘yinlar besh daqiqadan ortiq davom etmaydi, taxtada eng ko‘p donasi qolgan ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi.

Kechki mahal saytga taxminan 30 ming foydalanuvchi tashrif buyurib, bir vaqtning o‘zida 8 mingtagacha o‘yin o‘ynaladi, raqibni topish uchun bir necha soniya vaqt ketadi xolos. Siz o‘zingiz singari biror foydalanuvchi yoki kompyuterga qarshi o‘ynashingiz yoki o‘z o‘yiningizni yaratishingiz mumkin.

Saytda turnirlar o‘tkaziladi. Professional o‘yinchilarning texnikasini o‘rganish uchun harakatlarini kuzatishingiz mumkin. Ushbu o‘yinga endigina kirishgan yangi fodalanuvchilar uchun o‘quv bo‘limi mavjud.

Bu yerda o‘yin asoslari, harakatlar qoidalari bilan tanishishingiz, “shoh” qilish va nazariyani o‘rganishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchilar sizning harakatlaringizni tahlil qilish funksiyasini ham taklif qilishadi.

📝 Manba: @pcTeapot

Оставьте комментарий