iPhone 16 yangi dizaynga ega boʻladi

DO`STLARGA ULASHING:

iPhone 16 yangi dizaynga ega boʻladi
ʼ’Majin Bu’ taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhone smartfonlari haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bir vaqtning o‘zida iPhone 16 liniyasining beshta modelini tayyorlamoqda.
— iPhone 16 – 6,3 dyuymli 120 Gs chastotali ekran, ikkita kamera;
— iPhone 16 Pro – 6,3 dyuymli 120 Gs chastotali ekran, uchta kamera;
— iPhone 16 Pro Max – 6,9 dyuymli 120 Gs ekran, uchta kamera, rekord darajadagi batareya.
— iPhone 16 SE va 16 Plus SE – 6,1 va 6,7 dyuymli 60 Gs ekran, bitta kamera, kichikroq batareya, arzonroq narx.
Shunday qilib, bu yil asosiy Plus bo‘lmaydi va uning o‘rnini SE prefiksi bilan ikkita yangi model egallaydi. Ular o‘rta budjet segmentida sotilishi kutilmoqda.
Insayder bu ma’lumotlarga 100 foiz amin emas. Lekin u Apple haqiqatan ham bitta kamerali va 60 Gs ekranli smartfonni sinovdan o‘tkazayotganini aniq tasdiqlashi mumkin.
@engyokibirinchi

Оставьте комментарий