Maktabda yoʻqolgan kitoblarni kim toʻlaydi va qancha toʻlash kerak ?

DO`STLARGA ULASHING:

Maktabda yoʻqolgan kitoblarni kim toʻlaydi va qancha toʻlash kerak ?
“Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (https://lex.uz/docs/2378458)”ga muvofiq darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart.
Oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:
👉 1 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 (https://t.me/+KzysPSHcaRVlMGQy) 2 — 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 — 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

Оставьте комментарий