DO`STLARGA ULASHING:
Mashina transmissiyasida MT5 , AT1, AT6 qisqartmalari nimani anglatadi?
MT — manual transmission ya’ni qo’lda boshqarish transmissiyasi
AT — automatic transmission. Avtomatik transmissiya yoki avtomat karobka.
Bularning oldida turadigan son esa tranmissiya oldinga qarab harakatlanadigan necha pog’onalik uzatmaga ega ekanligini bildiradi. Qo’lda boshqariladigan uzatmali Spark , Neksiya , Lacetti, Cobalt bularning hammasi MT5 kabi kodlanadi chunki bu mashinalarning hammasida oldinga harakatlanuvchi 5 pog’onali tranmissiyasi mavjud. E’tibor bering orqaga harakatlanish uzatmasi kod sonida aks etmaydi.
P.S AT1 nima deb qiziqqan bo’lsangiz bu Elektromobilning transmissiyasiga xos ))
@Avtomexanik_07