Mashina dvigatelining moyi

DO`STLARGA ULASHING:

Mashina dvigatelining moyi

Ichki yonuv dvigatelllarini moysiz tasavvur qilish qiyin. Dvigatel moyi ishqalanishni kamaytirish, eskirishni oldini olish va dvigatelni toza saqlash kabi muhim funktsiyalarni bajaradigan turli qo’shimchalarni o’z ichiga oladi. Vaqt o’tishi bilan, bu qo’shimchalar parchalanadi va samaradorligini yo’qotadi, ayniqsa moy muddati o’tgan bo’lsa.

Mashina motor hajmi qanchalik katta yoki kichkinaligiga qarab talab qilingan moy hajmi ham o’zgaradi. Yuk tashuvchi yoki sport mashinalari deylik silindrlar soni 4 ta emas balki 6 yoki 8 ta bo’lsa unda harakatlanuvchi qismlar ko’pligi sababli moy ham ko’proq ketadi.

Quyida GM tomonidan ishlab chiqarilgan mashinalarga ketadigan motor moyi hajmlari berilgan:
Spark: moy filteri bilan qo’shib almashtirilsa 3.75 litr, moy filterisiz 3.5 litr
Gentra: filter bilan 3.75L
Kobalt: filter bilan 3.75L, filtersiz 3.5L
Nexia 3: filter bilan 3.75L, filtersiz 3.5L . Nexia 3, gentra, cobaltning dvigatellari bir xil )))
Damas/labo: filter bilan 2.7L
Onix: filter bilan 4.0L
Tracker 2: filtr bilan 4.0L . Tracker 2 bilan Onix turbina motorlari ham bir xil ))
Malibu: Dvigatel 2.0L uchun filter bilan 4.7L, Dvigatel 1,5 l uchun 4,0L
Malibu XL: 2.0L uchun filter bilan 5.0L

P.S. Mashina moyini almashtirish uchun servisga borganingizda albatta ustadan moy filterini ham almashtirib berishini so’rang. Ba’zi bir ustalar shuni ham qilishmaydi.
2-rasmda motor filteri tasvirlangan

Оставьте комментарий