Mazali spageti

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 300 gr. spaget makaroni, 200 gr. karam, 2 dona sarimsoqpiyoz, 1 dona piyoz, 1 dona bulg‘or qalampiri, 7 dona qo‘ziqorin, 50 ml. soya sousi, o‘simlik yog‘i, ko‘katlar va ziravorlar kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: mayda qilib to‘g‘ralgan piyozni sarimsoqpiyoz bilan qovuriladi. Yirik somoncha shakilda to‘g‘ralgan bulg‘or qalapmiri va qo‘ziqorin qo‘shib qovurishda davom etiladi. So‘ngra karam, tuz, ziravorlar va soya sousi solib 2-3 daqiqa dimlanadi.
Spaget makaronlari suvda pishirib olinib sabzavotli qiymaga qo‘shilib 1 daqiqaga dimlanadi. Taomni likopchaga solib ko‘katlar bilan bezkatib dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/mazali-spageti/

Оставьте комментарий