DO`STLARGA ULASHING:
MChJ (mas’uliyati cheklangan jamiyat) ni ro‘yxatdan o‘tkazish
Davlat ro‘yxatidan o‘tish tartibti istalgan tumandagi Davlat xizmatlari markazida oflayn, shuningdek, davlat xizmatlari saytida onlayn o‘tish mumkin.
YIDXP (yagona interaktiv davlat xizmatlar portali) saytida
Ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni masofadan turib — YIDXP saytida topshirish mumkin. Murojaat qilish uchun ERI (elektron raqamli imzo — qo‘lda qo`yiladigan an’anaviy imzoning muqobili) kerak bo‘ladi. U elektron hujjatlarni imzolashda shaxsni tasdiqlash uchun kerak bo‘ladi.
Tartibi quyidagicha:
💬 YIDXP saytida shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tish;
MCHJni ochish uchun arizani to‘ldirish va unga ta’sis hujjatlarini ilova qilish;
💬 BHMning 1 baravari (maqola yozilgan kunda 375.000 so‘mni tashkil etadi) miqdorida davlat bojini to‘lash. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda 10% chegirma amal qiladi;
💬 arizani ERI yordamida imzolash;
💬 boj to‘langanligi tasdiqlangandan so‘ng ariza ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazida
Jamiyat ochish uchun arizani Davlat xizmatlari markazida oflayn tarzda to‘ldirish mumkin. Bunday holda, barcha zarur hujjatlarni qog‘oz shaklida ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Tartibi quyidagicha:
🟡 ta’sis hujjatlarini tayyorlash;
🟡 BHMning 1 baravari (375 000 so‘m) miqdorida davlat bojini to‘lash;
🟡 Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
🟡 MCHJ tashkil etish uchun ariza berish.