Вы сейчас просматриваете QADRDONIM JIGALARIM

QADRDONIM JIGALARIM

  • Автор записи:
  • Рубрика записи:Sherlar
  • Комментарии к записи:0 комментариев

DO`STLARGA ULASHING:

QADRDONIM JIGALARIM

Doim shodon kulib yuring,
Davri davron surib yuring,
Baxtlilardan baxtli bo‘ling,
Qadrdonim jigarlarim.

Oqibatlar uzilmasin,
Davramiz hech buzilmasin,
Qadingiz ham egilmasin,
Qadrdonim jigarlarim.

Doim bo‘ling sog‘u omon,
Sog‘inyapman sizni hamon,
Boryapman men siz tomon,
Qadrdonim jigarlarim.

Qirq mayizni bo‘lganlarim,
Birgalashib yeganlarim,
«Bormisiz siz?»,— deganlarim,
Qadrdonim jigarlarim.

Biringiz ko‘z, biringiz qosh,
Otilmasin tanayu tosh,
Sinovlarga bering bardosh,
Qadrdonim jigarlarim.

Olmoq qiyin nozik ko‘ngil,
Talpinadi sizga bu dil,
Sizga tutay go‘zal bir gul,
Qadrdonim jigarlarim.

Добавить комментарий