Avtomobillarni ro’yxatdan o’tkazish narxi bir necha barobarga oshdi

DO`STLARGA ULASHING:

Avtomobillarni ro’yxatdan o’tkazish narxi bir necha barobarga oshdi

Ichki ishlar vazirining 2024-yil 31- mart kunidagi buyrug’i bilan. 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari o’zgardi.

Unga ko’ra, elektromobillarni ro’yxatdan o’tkazish narxi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida (510 ming so’m) to‘lov belgilanmoqda.

Elektromobillardan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida (2 325 600 so’m) to‘lov belgilanmoqda (https://lex.uz/pdfs/6858813).

Eslatib o’tamiz avval bu summalar BHM 0,11% (37 400 so’m) va BHM 1,5 barovari (510 ming so’m) edi. (https://advice.uz/oz/document/152)

— Narxlarni boshqa davlatlar oʻrtacha oylik maosh va xizmat narxi bilan taqqoslaganda, qanchalik toʻgʻriligi haqida kichik maʼlumot: (https://www.instagram.com/p/C5Qj2zVqj6G/?igsh=cWh2c2xidGl0MjR2)

– Oʻrtacha maoshlar:
• Oʻzbekiston – $357
• Kanada – $5 251
• Germaniya – $4 114
• Angilya – $2 933
• Shvetsariya – $7 439
• AQSH – $7 104

— Avtomobil davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
• Oʻzbekiston – $183,8
• Kanada – $32
• Germaniya – $32
• Angilya – $69
• Shvetsariya – $52
• AQSH – $15 dan $312 gacha va Kolorado shtatida esa ogʻirlik hajmiga qarab. (https://www.datapandas.org/ranking/car-registration-fees-by-state)

Оставьте комментарий