DO`STLARGA ULASHING:
Mening Vatanim — O‘zbekiston
Mening Vatanim — O‘zbekiston. Bu yurtda tug‘ilib, shu yerda voyaga yetayotganimdan faxrlanaman. O‘zbekiston qadimiy tarixga, boy madaniyatga va go‘zal tabiatga ega mamlakatdir. Bu yerda turli millat va elat vakillari tinch-totuv yashaydi.
Vatanimizning har bir hududi o‘ziga xos. Samarqand va Buxoro kabi qadimiy shaharlarimiz butun dunyoga mashhur. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston har tomonlama rivojlanib bormoqda. Yangi yo‘llar, maktablar, shifoxonalar barpo etilmoqda.
Vatanga muhabbat — uni sevish, asrash va rivojiga hissa qo‘shishdir. Men kelajakda bilimli inson bo‘lib, Vatanim ravnaqi uchun xizmat qilishni orzu qilaman.
