Mening mahallam – mening faxrim (tekst)

DO`STLARGA ULASHING:

Mening mahallam – mening faxrim
Mahalla ming yillar davomida shakllangan, xalqimizning o‘ziga xos qiyofasini ko‘rsatib turadigan noyob ijtimoiy tuzilma. Bir-biriga mehr-oqibat ko‘rsatib yashash, yaxshi va yomon kunlarda birga yelkadosh bo‘lish singari insonga xos fazilatlar aynan mahallada tarkib topadi – degan edi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev.
Fizika fakulteti yengil sanoat yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘rtasida falsafa fanidan “Mening mahallam-mening faxrim” mavzusida mustaqil ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Falsafa kafedrasi dotsenti A.Shaymanova, fakultet tyutorlari F.Shaymanova, E.Meyliyev va talabalar ishtirok etishdi.
Taqdimotlardavomida talabalar o‘zlari yashayotgan mahallaning tarixi, tashkiliy tuzilmasi, madaniy obidalar, ziyorat joylari, kutubxonalar va ko‘ngilochar maskanlar, ta’lim muassasalari, u yerda yashab ijod etgan buyuk, ulug‘, atoqli insonlar haqida, shu bilan birga mavjud milliy urf-odatlar hamda mahallaning tadbirkorlik sohasida olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida o‘z tengdoshlariga ma’lumot berishdi.
Mening mahallam – matn
Sana:
18-mavzu:Mening mahallam
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:Xalqimizga xos fazilat. “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona”, “Qo’shning tinch, sen tinch”, Mening mahallamda yashash yaxshi kabi tushunchalarni singdirish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Mahalla-tarbiya o’chog’I
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
1.Ko`rgazmalilik asosida o`qituvchining mavzu bo`yicha ma`lumoti.
Bizning mahalla katta va chiroyli. Mahallamizda o’rik, olma, shaftoli, nok, gilos va behi daraxtlari o’sadi. Mahallamiz bolalari bu ko’chatlarni parvarish qiladilar. Ularga suv qo’yadilar, tagini yumshatadilar. Mahallamiz kundan-kunga chiroy ochib bormoqda. Bunga sabab mahallamiz ahlining ahil-inoqligidir.
2. Rasmlar asosida guruhlarda ishlash
3.O`qituvchining darsni xulosalash.
1) Mahalla qanday maskan?
2).Sizning mahallangiz chiroylimi?
3) Sizning mahallangizda kimlar yashaydi?
4)Qo’shnilaringiz qanday odamlar?
5)Qo’shnilar bilan ahilmisiz?
6)Mahallangizda qanday do’konlar bor?
III.Yakuniy qism.
Guruhlarda kichik savollar asosida ishlash
1) O’z mahallangiz haqida gapirganda nimalarni xis qilasiz?
3). Mahalla- kichik Vatan deganda nimani tushunasiz?
4) Siz o’z mahallangizga bo’lgan hurmatingizni qanday ifodalaysiz?
5) Sizning oilangiz ahil oila-mi?
6) Oilangizda kimlar yashaydi?
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish
To’liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
MAHALLA HAQIDA
MAHALLA HAQIDA Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko‘chadan o’tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan jildirab suv oqib turibdi.
Kimdir uyining ko’cha tomoniga tok ekib, so’ri qilgan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik- kichik pollarga oshko‘k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o‘sib yotibdi.
Yana bir xonadon esa o‘z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko‘chaning gavjumroq joyida «… mahalla idorasi,» degan yozuvga ko‘zingiz tushadi.
Mahalla… X asrda yashab o‘tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida mahalla haqida ma’lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa «mahalla» so‘zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, mahallalar ko’pincha katta ko‘cha bir tomonining ma’lum qismini va uni oralab ketgan ko’chalar, torko’chalar, berkko‘chalarni qamrab oladi.
Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar, odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan.
Hozir biz Qoshiqchi, 0‘qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak, bu mahallalarda qoshiq, o‘q (turli vazifalarni bajaruvchi) yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan.
Ayrim mahallalar o‘sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan.
Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g’oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o’zini o‘zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o‘sha yerning o’zida hal etiladi.
Mahallada katta tarbiyaviy ish olib boriladi. «Bir bolaga yetti go’shni ota-ona» naqliga asoslanib, mahalla ahli bolalar tarbiyasida faol qatnashadi.
Hozir mahallalarda maishiy, ma’naviy, ijtimoiy, madaniy masalalar bilan shug’ullanuvchi turli-tuman komissiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mahallalarga aholini ijtimoiy foydali mehnat bilan qamrab olish, qo’shimcha ish joylarini yaratish uchun kichik korxonalar ochish huquqi berilgan.
Mahalla aholining ko pchilik ovozi bilan saylanib, tegishli tuman hokimiyati tasdiqlagan rais va faollar tomonidan boshqariladi. Tartib-intizomni nazorat qilish ichki ishlar uchastka noziri, ko’ngilli posbonlar tomonidan amalga oshiriladi.
Jamiyatimiz hayotida ahamiyati beqiyos, jahon tajribasida esa o’xshashi yo‘q hodisa bo’lgan mahallaning aholi hayotidagi ahamiyati va o‘rni ortib bormoqda. Zero, mahalla — «insonni jamiy’at bilan yashashga o‘rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan birlamchi va beqiyos makon»dir.

Оставьте комментарий