Mustaqil mutolaa to‘grisida

DO`STLARGA ULASHING:

Ilm berish faqat maktabning ishi emas. Maktab shu bilimga kalit beradi xolos. Maktabdap tashqari o‘qish hayotni to‘laligicha qamrab oladi! Inson bir umr ilmini oshira borishi lozim.
A. V. LUNAChARSKIY
Inson hayot ekan, garchi sochi oqargan bo‘lsa ham bilim olishi mumkin, bilim olishni istaydi va bilim olishi shart. Binobarin, maktabdan tashqari olinadigan har qanday bilim, chupik hayot butun borligi bilai maktab doirasiga sig‘maydi, mustaqil o‘qish jarayonidir.
A. V. LUNAChARSKIY
Hech bir odam mukammal, ya’ni to‘la shakllangan holda dunyoga kelmaydi, ammo uning butun hayoti betinim harakatdagi o‘sish va doimiy shakllanishdan iboratdir.
V. A. BELINSKIY
Har bir odam ikki xil tarbiya oladi: biriichi tarbiyani o‘z hayot tajribalarini singdirish yo‘li bilan ota-ona beradi, ikkinchisi, yanada muhimrog‘ini esa unga hayotning o‘zi o‘rgatadi.
E. TELMAN
O‘z hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi — behuda.
E. TELMAN
Tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomilllashtirish jarayoniga katta o‘rin berilmog‘i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etgan.
SPENSER
Har qanday chuqur bilim faqat mustaqil o‘qish yo‘li bilangina orttiriladi.
N. A. RUBAKIN
Insonni uning shaxsiy ma’naviy faoliyati, boshqacha aytganda, boshqa odamlardan yoki kitoblardan bilganlarini o‘zicha, mustaqil o‘ylashi, boshidan kechirishi, his eta bilishi o‘qi-mnshli qiladi.
RUBAKIN
O‘z ustingizda mustaqil ishlashdan hech vaqt to‘xtamang, qanchalik o‘qimang, qanchalik bilmang, ilm va o‘qishning cheki va chegarasi yo‘qligini unutmang.
N. A. RUBAKIN
O‘z fikrini yaxshi ifodalay olmaslik — illat; lekin mustaqil fikrga ega bo‘lmaslik esa undan ham battarroq illat; mustaqil fikrlar, mustaqil orttirilgan bilimlardangina tug‘iladi.
K. D. UShINSKIY
Birovdan eshitib olingan bilimlar bilan qanoatlanishni sira tasavvur etolayman; o‘zgalarning bilimi garchand bizni u-bu narsaga o‘rgatsa ham, ammo faqat o‘z aqling bilan aqlli bo‘la olasan.
M. MONTEN
O‘zgalarning dasturi — maslahat ovozidan boshqa narsa emas.
N. A. RUBAKIN
O‘zi harakat qilmasa, hech kim hech qachon maqsadiga erisholmaydi. Birov ko‘rsatgan har qanday yordam ham sen qilgan urinishlarning o‘rnini bosolmaydi.
N. A. RUBAKIN
Haqiqatni o‘zgalar tilidan to‘la bilib, to‘ti singari yodlab olgandan ko‘ra, o‘z hara-kating bilan chalaroq bilganing afzal.
R. ROLLAN
Tirishqoqlik ilm sari yagona yo‘ldir.
B. ShOU
Fanda eng ishonchli ko‘makchi o‘z aqling, tafakkuringdir.
J. FABR
Tayyor e’tiqodlarni na yaxshp tanish-bilishlardan tilab, na kitob magazinidan sotib olish mumkin. Uni o‘z miyamizda sodir bo‘ladigan mustaqil fikrlash jarayonida shakllantira borishimiz zarur.
D. I. PISAREV
Fan cho‘qqilariga chiqishga urinishdan avval fan asoslarini egallang. Boshlagan ishingizni oxiriga yetkazmay turib, keyingisiga qo‘l urmang. Olgan bilimingizdagi kemtiklarni hatto eng dadil taxmin va farazlar bilan ham ifodalashga urinmang. Fanda qora ishdan qochmaslikka o‘rganing.
I. P. PAVLOV
Kamolot va bilimga hech bir odam o‘z-o‘zidan erisholmaydi. Kimki bilimdon bo‘lishni istar ekan, unga o‘z faoliyati, o‘z kuchi, o‘z tirishqoqligi bilan erishmog‘i lozim.
A. DISTERVEG
Agar chindan ham farzandlarimiz bilimli odam bo‘lishni istasalar, ular bilimni mustaqil mashqlar orqali egallamoqlari kerak.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.
MONTESKE
O‘qimishlilik achchiq ildizning shirin mevasidir.
KATTA KATON
ziyouz.uz

Оставьте комментарий