Nasiba Abdullayeva — Majnuntol

DO`STLARGA ULASHING:

Nasiba Abdullayeva — Majnuntol 

Shoxlarini egib majnuntol,
Yo`l bo`yida o`sardi yolg`iz.
Menga tinchlik bermas bir xayol,
Bu xayoldan bexabardirsiz.

Majnuntolning shoxlari asli
Mening qaro sochlarim edi.

Siz boqmasdan o`tib ketdingiz,
Afsus qilib qolursiz endi. (x2)

Bu dunyo keng, manzillar olis,
Yo`lingizni hech kim to`smaydi.
Ammo boshqa daraxt hech joyda
Shoxlarini egib o`smaydi.

Majnuntolning shoxlari asli
Mening qaro sochlarim edi.
Siz boqmasdan o`tib ketdingiz,
Afsus qilib qolursiz endi. (x2+x2)

Оставьте комментарий