Sayyora Qoziyeva — Ota

DO`STLARGA ULASHING:

Sayyora Qoziyeva — Ota Текст песни

Yomg`ir yog`ar, yog`ar qor,
Qor ostida qum mozor. (x2)
Qabrlarning birida
Mening aziz otam bor. (x2)
Mening aziz otam bor. {x3}

Bo`ylarimni ko`rmagan,
To`ylarimda bo`lmagan. (x2)

Nabirasin suymagan,
Mening aziz otam bor. (x2)
Mening aziz otam bor. {x3}

Otam xotirasiga
Kuyib kuyladim qo`shiq. (x2)
Yuzdan kulib, dilimdan
Yig`lab kuyladim qo`shiq. (x2)

Qabrlarning birida
Mening sho`rlik otam bor. (x2)
Qabrlarning birida
Mening aziz otam bor. {x2}

Otajon, sizni sog`indim… Ota…

Оставьте комментарий