Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi

Hukumat qarori (572-son, 17.09.2021-y.) bilan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

🔹 fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

🔹ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan oliy malaka toifali (bosh oʻqituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar;

🔹 pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan pensiya yoshiga toʻlgan pedagog kadrlar;

🔹 pedagogik faoliyat boʻyicha uch yildan kam boʻlgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

🔹 homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

🔹 homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida boʻlgan ayollar, ular ta’tilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

🔹 pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

🔹 uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni oʻtayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

🔹 mazkur nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri berilgan yoki bir pogʻona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;

🔹 respublika va chet el davlatlariga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

🔹 ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish oʻrinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

🔹 Qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa pedagog kadrlar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek