DO`STLARGA ULASHING:
🤔Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?
😊 Majburiy mehnat – biror bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash hisoblanadi.
Ish beruvchi yoki biror mansabdor shaxsning majburiy mehnatga jalb qilishi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq:
➖ Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 mln 200 000 so‘mgacha) miqdorida jarima;
➖ Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda, ya’ni 41 mln so’mdan 61mln 800 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Unutmang, hech kim shaxsni ishdan bo‘shatib yuboraman, oyligingni kamaytiraman, lavozimingni tushiraman va hokazo tahdidlar bilan majburiy mehnatga jalb qilishga haqli emas.
Postni tanishlaringizga yuborib qo’ying! Bizni kuzatishda davom eting!
