Notebook videokartasi turlari, uni o’zi ko’rganmisiz?

DO`STLARGA ULASHING:

Notebook videokartasi turlari, uni o’zi ko’rganmisiz?

Notebook videokartasi(videochip, videoyadro, videomodul) 3 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:

1. O’rnatilgan(Интегрированная) videokarta. Bu tur videokarta notebook prosessoriga yoki chipsetiga o’rnatilgan bo’ladi. Uni almashtirishni iloji yo’q, faqat to’liq chipset yoki prosessorni almashtirish orqali bu ishni qilish mumkin. Odatda bunday videokarta juda kuchsiz bo’ladi, ofis ishlari, internetda ishlash uchun bo’laveradi.

2. Diskret(alohida) videokarta. Bu tur video karta alohida plataga ulangan bo’ladi, video uchun alohida chip javob beradi. Bunday videokartalarda o’z hotirasi mavjud bo’ladi. Boshqasiga almashtirish mumkin, lekin plataga ehtiyotkorlik bilan qotirish lozim. Asosan o’yinlar, grafik montaj ishlari uchun ishlatiladi.
Diskret video kartalarni qotirmasdan ulash turi ham bor, bunda alohida plata notebook platasiga ulanadi va shu plataga videokarta ulanib ishlatiladi(operativ xotiraga o’xshab).

3. Gibrid videokarta(Интегрированная+дискрет). Bunda, ham prosessorga o’rnailgan, ham alohida chip ko’rinishida videokarta bo’ladi. Bajaradigan vazifaga qarab, videokarta almashib ishlashi mumkin(avtomat almashadi). Notebook’lar uchun bu juda qulay, sababi oddiy ishlar uchun oddiy videokarta ishlatib akkumlyatorni tejash mumkin.

Notebook’larda videokarta turini tanlash, umumiy narhni sezilarli darajada o’zgarishiga olib keladi.

https://t.me/planetait

Оставьте комментарий