DO`STLARGA ULASHING:
Ekologik stikerlar nima va uni qayerdan olsa bo’ladi?
Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ularga stiker berish tartibi tasdiqlandi. Bu nima degani?
Endi mashinangizning ekologik holati rasmiy mezonlar asosida baholanadi va natijaga qarab “yashil”, “sariq” yoki “qizil” stiker beriladi.
Eng qulay tomoni — bularning barchasini my.gov.uz orqali ham olish mumkin.
🚘 Mashina qanday mezonlarga ko‘ra baholanadi?
Ekologik toifa — bu avtomobilingizning qanchalik “toza” yoki “iflos” ekanini bildiruvchi daraja. Nizomga ko‘ra:
🔹 Benzin, LPG, CNG (gaz)da yuradigan mashinalar:
Yevro-2 va yuqori — “toza”
Yevro-0, Yevro-1 — “o‘rta”
🔹 Dizel mashinalar:
Yevro-4 va yuqori — “toza”
Yevro-3 — “o‘rta”
Yevro-0, 1, 2 — “zararli”
🔹 Gibridlar, muqobil yoqilg‘i va 3 yildan kichik mashinalar:
Doim “toza” toifaga kiradi.
😊Stickerlarni kim beradi?
Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ekologik stikerlar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.
💡Stickerlar uch xil rangda bo’ladi:
🟢 Yashil — toza
🟡 Sariq — o‘rta
🔴 Qizil — zararli
Eng muhimi — stikerlar muddatsiz, ya’ni bir marta olasiz, tamom.
🖥 Qanday olish mumkin?
Stiker olish uchun: IIV YHX xizmatining rasmiy saytiga yoki my.gov.uz (YIDXP) ga kirib ariza topshirasiz.
Arizangiz mezonlarga mos bo‘lsa, mashinangizga tegishli ekologik stiker tayyorlab beriladi.
Yangi tartib bilan avtomobillarni ekologik nazoratga moslashtirish orqali shahar havosi yanada toza bo‘lishi kutilmoqda.
Postni barcha mashina haydaydigan tanishlaringizga yuborib qo’ying 🙃
