Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavallud topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda tavallud topgan.
Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga oʻzgacha xush kayfiyat bagʻishlaydi.
Botir Zokirov 1956-yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etib, katta shuhrat qozongan edi. U kuylagan opera ariyalari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari, xorij shlyagerlari oʻz davrida dunyo boʻylab tarqaldi. Xonandaning repertuaridan milliy qoʻshiqlar bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qoʻshiqlar ham joy olgan.
Oʻzbek estrada sanʼatining rivoji Botir Zokirov ijodi bilan bogʻliqligini taʼkidlash oʻrinli. Shuningdek, B.Zokirov tasviriy sanʼat, rejissura sanʼatlarida ham iqtidorli boʻlgan.
Xonanda 1985-yil 23-yanvarda olamdan oʻtgan. Botir Zokirov mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Оставьте комментарий