O P A M

O P A M

DO`STLARGA ULASHING:

O P A M 💐
Dilkashim, munisim, mexribonginam,
Mehru muhabbati bepoyonginam,
Onam xislatlari namoyonginam,
Dardkashu, xaqiqiy do‘st bo‘lgan opam
Singlim, ukajonim sirdoshim deya,
Qadri doim baland qondoshim deya,
Tanamiz bo‘lagu, jondoshim deya
Olam mehrin dilga sig‘dirgan opam.
Mehmon bo‘lsak sochib tashlar borini,
Shirin so‘z titratar dilning torini,
Tez tez ko‘rgim kelar xush diydorini,
Yarim ko‘nglimizni to‘ldirgan opam.
Opajon tuganmas shodlik tilayman,
Ikki dunyo baxtin, taxtin so‘rayman,
Quchog‘imga sevgi ila o‘rayman,
Rishta azizligin singdirgan opam.
Olam mehrin dilga sig‘dirgan opam.
👉 @SALOMATLIK_UZ 💊

Оставьте комментарий