Og’iz suti bu — bir umurlik imunitetdir.

DO`STLARGA ULASHING:

🤱🏻Og’iz suti bu — bir umurlik imunitetdir.

🤷Nima uchun bola dunyoga kelishi bilan shifokorlar uni onaning bagʻriga yotqizishadi?
🤷Nima uchun shifokorlar bola tugʻulganda ilk 1 soat ichida onalarga chaqalogʻiga koʻkrak tutishni tavsiya qilishadi?
☝️Bularning barchasi bolani sogʻlom boʻlib oʻsishi uchun. Bola sogʻlom boʻlishi uchun esa koʻkrak suti bilan oziqlanishi zarur

👶🏻Bola hayotining ilk soatlarida bolaga koʻkrak tutish juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Tugʻruqdan keyin onaga koʻkraklari boʻsh boʻlib tuyulsada koʻkraklarda chaqaloq uchun eng foydali va shifobaxsh xususiyatlarga ega «oʻgʻiz suti» boʻladi va bu 2-3 kun davomida to ona koʻkraklari sutga toʻlguncha saqlanib qoladi.

💁»Oʻgʻiz suti» sargʻimtir rangga ega boʻlib, keyingi kunlarda hosil bo’ladigan ko’krak sutiga nisbatan
✔️A vitamini
✔️karotin moddasi
✔️askorbin kislotasi
✔️B guruhidagi vitaminlarga boy boʻladi.

O‘g‘iz suti turli kasalliklarni paydo qiluvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy. U chaqaloqda immunitet sistemasining shakllanishida qatnashib, go’dak tanasida har xil xastaliklarga qarshi bir umrga yetgulik immunitet hosil qiladi. Natijada go’dak kasallikka kam chalinadi.

Oʻgiz suti oqsil, yog’ va uglevodlardan tashqari, mineral unsurlar, fermentlar, gormonlar hamda antitanachalarga boy hisoblanib chaqaloqni uning uchun yangi boʻlgan dunyoga moslashib, yashab ketishi uchun juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi
Mana shular sabab shifokorlar bolani tugʻulgani zahoti emizishni tavsiya etadi. Ona tabiat ham chaqaloqlarga emish refleksi bilan tugʻulishdek katta hadyani inʼom etgan. Bu ham bejizga emas albatta.
©YOSH_ONALARGA_MASLAHATLAR

Оставьте комментарий