DO`STLARGA ULASHING:
💡 Bir oyda elektr toki uchun qancha pul ketadi?
Oy oxiri. Telefoningizga xabar keladi. “Elektr energiyasi uchun to‘lov…”
Summani ko‘rib, ichingizdan albatta shu o’ylar o‘tadi: “Axir zavod ishlatmayapmiz-ku, shuncha pul qayerdan chiqdi?”
Aslida esa javob juda oddiy. Uyda tinimsiz ishlayotgan texnikalar — televizor, muzlatgich, suv isitgich, konditsioner — har soatda sekin-asta pulingizni “yeydi”. Siz sezmayotgan bo’lsangiz ham.
Keling, oddiy va tushunarli hisob-kitobni ko‘rib chiqamiz:
⚡️ 1 kVt = 600 so‘m deb olamiz.
📺 Televizor (LED)
1 soat: 60 so‘m
Kuniga 5 soat ishlasa: 300 so‘m
Oyiga: 9 000 so‘m
💡LED lampochka
Kuniga o‘rtacha: 144 so‘m
Oyiga: 4 000–4 500 so‘m
📱Telefon zaryadkasi
Oyiga taxminan: 8 000 so‘m
🧊 Muzlatgich (A/A+)
Kuniga: 1 500–2 000 so‘m
Oyiga: 45 000–60 000 so‘m
❄️ Konditsioner (12 lik)
Kuniga 8 soat ishlasa: 5 000–7 000 so‘m
Oyiga: 150 000–200 000 so‘m
🔥 Suv isitgich
Kuniga 2–3 soat ishlasa: 2 000–3 500 so‘m
Oyiga: 60 000–100 000 so‘m
O‘rtacha oila uchun agar uyda: muzlatgich, suv isitgich, konditsioner, TV, lampalar va zaryadkalar bo‘lsa,
👉oylik elektr xarajati bemalol 250 000 – 400 000 so‘mga chiqadi. Va bu — hech qanday isrofsiz foydalangan holatda. Boshqa texnikalar ham bo’lishi mumkin, ular odatda doimiy ravishda ishlatilmaydi. Biz faqat muntazam foydalaniladiganlarni misol tariqasida oldik.
Elektr eng sekin ketayotgandek ko‘rinadi, lekin eng sezilmay pul yeyaydigan xarajat ham shu bo’lib chiqadi.
Konditsionerni keragidan ortiq yoqish, suv isitgichni o‘chirmay qo‘yish, keraksiz chiroqlar — oy oxirida baribir cho‘ntakdan chiqadi.
💡 Elektrni hisob bilan ishlatsangiz — ancha pul o‘zingizda qoladi.
Sizda-chi? Bir oyda «svet» uchun qancha xarajat qilasiz?
