Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish — bir necha soniyalik ish!

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish — bir necha soniyalik ish!

DO`STLARGA ULASHING:

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish — bir necha soniyalik ish!

Ko‘pchilik hali ham mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishni qiyin, navbat kutadigan jarayon deb o‘ylaydi. Aslida esa hammasi bitta telefon va my.gov.uz orqali hal bo‘ladi.

💡 Agar sizga kredit olish, ishga kirish, pensiya hujjatlari, yoki shunchaki rasmiy ma’lumot uchun kerak bo‘lsa — bu xizmat aynan shu vaziyatlar uchun.

📱 Xo’sh, ko’chirma qanday olinadi?

1️⃣ my.gov.uz’ga kirasiz va bosh sahifadan “Bandlik va mehnat” bo‘limini tanlaysiz.
2️⃣ “Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish” xizmatini bosasiz.
3️⃣ Xizmat tavsifi bilan tanishib, davom etasiz.
4️⃣ Ariza ichida sizning shaxsiy identifikatsion raqamingiz avtomatik ravishda chiqadi — hech narsa yozmaysiz.
5️⃣ Faqat tilni tanlaysiz va kichik arifmetik misolga javob berasiz.

✅ “Foydalanish”ni bosgan zahoti, tizim sizning ish faoliyatingiz bo‘yicha rasmiy ko‘chirmangizni shakllantirib beradi.

📥 Va eng zo‘ri — uni darhol yuklab olishingiz, tashkilotlarga yuborishingiz yoki ariza hujjatiga qo‘shishingiz mumkin. Hammasi onlayn, shunchaki tez.

Оставьте комментарий