Ona tilim sen ruhimning qanotisan tadbir senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

ONA TILIM –SEN RUHIMNING QANOTI

 

1-o’quvchi:Onalar alla aytsa, tushib quyosh tiglaydi.

Otalar duo etsa erib tog’u-tosh tinglaydi.

Qalblarni tinglamang, ko’zdagi yosh yig’laydi.

Ularga tiz  cho’kkanlar sizga assalom.

2-o’quvchi:Ustoz etagin tutgan shogird qachon xor bo’lgay,

Vatanim deb yonganlar qay zamon nochor bo’lgay.

Iymon tug’in tutganlarga dunyo qachon tor bo’lgay,

El-yurt dardin uqqanlar, sizga assalom.

3-o’quvchi:Assalomu alaykum ilmu ziyo zarchashmasi bo’lmish

aziz ustozlar!

4-o’quvchi Assalomu-alaykum qalblarga ezgulik uru’g’in

sochayotgan  hurmatli hamkasblar!

5-o’quvchi: Bu turkiy zamin ne-ne sinovlarni boshidan o’tkazmadi, deysiz.

 

6-o’quvchi: Turk bosqini,mo’g’ullar zulmi,arab istilosi, rus istibdosi…Bardoshi asrlarga teng xalqimiz sabr otlig’ daraxtdan o’ziga haykal qo’ydi go’yo

 

7-o’quvchi  Qay bir bosqinchi millatning boshi uzra qonli shamshirni o’ynatar ekan, eng avvalo ona tilimizni , dinimizni ma’naviyatimizni yo’qotmoq istadi.

 

8-o’quvchi   Ha ona tilimiz ajib, bir gul ediki g’unchasidan judo etdilar. Shunday  bir daraxt ediki quyosh tomon oshiqqan novdalarni chopdilar ammo ; kallaklangan tut; singari yana yuksaklarga intilaverdi

 

9-o’quvchiOna tilimizni yo’qotmoq istagan kimsalar 72 tomirini yo’qotib bo’lmasligini, ona allasi bilan kirgan tilimizga muhabbat tuyg’usini qalbdan chiqarib bo’lmasligini qayerdan bilsin.

 

10-o’quvchi:Prezidentimiz aytganidek “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir”.

 

11-o’quvchi:1989-yil 21-oktabr.Bu kun xalqimiz tarixida o’zini tanigan kunlardan biri bo’lib qoldi.

 

12-o’quvchi:Bu kuni turli istibdodlar davrida toptalgan,xorlik zanjiri ila bog’langan ona tilimizga Davlat tili maqomi berildi.

 

13-o’quvchi:Ushbu tarixiy kunga bugun 25 yil to’ldi.Barchangizga g’urur va iftixor ramzi bo’lmish til bayrami

QUTLUG’ BO’LSIN!

 

14-o’quvchi:Marhamat!Shu munosabat bilan tayyorlangan “Ona tilim-sen ruhimning qanoti” mavzusidagi bayram dastirimizni tinglab tomosha qiling.

-Men qadim Turkiy til,Turkona tilman,

Yofas,Abuturkda buyuk bir meros .

Alfozim chechakdir sharqona tilman

Latofat nazokat jarang menga xos

O’rxun – Enasoydan toshlariga ko’chdim

O’g’lim To’nyuquqning nidosi bo’lib

 

15-o’quvchi ne ne to’fonlardan sog’ omon kechdim

Temyrdek mard o’g’il sadosi bo’lib

Ey turkiy “Shoxnoma”-“Qutadg’u bilig”

Hojib qalamida bitildi menda

O’zim ulug’ tilman ulug’ deyulik

To’maris shiroqning swhiddati menda

 

16-o’quvchi Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni”damen,

Alforizm jilosi, ko’rkini ko’rdim.

Har subhu sodiqda beshik tebratgan,

Ona allasida olamniko’rdim

Ulug’ asar bitdi Ahmad Yuknakiy

Mening alfozimdan terib chechaklar

 

!7-o’quvchi Ahmad Yassaviyning hikmatlarida

Olloh kalomiga qondi yuraklar

Rabg’uziy qissasin o’qigil o’g’lim

Sen undan topasan dardingga malham

Ular shunchaki bir qissalar emas

Unda payg’ambar o’gitlari bor

 

18-o’quvchi bobong Xorazmiy sir yoqasida

“Muhabbat”nomasinyozib bitganda

Shakardek til bo’lib olamni tutdi

Quvonchdan yig’ladim bolam o’zim ham

Sayfi saroyi bu tengi yo’q shoir

‘Guluston ”ni bitdi men turkiy tilda

19-o’quvchiSadiy o’gitlari joy topdi mangu

Har turkiy yurag-u har turkiy tilda

Atoyi bobomning har bir baytida

Jilo berdim o’zim ko’rk berdim o’zim

Lutfiy g’azallarining ajab taftidan

Yana jilolandim toblandim o’zim.

 

20-o’quvchi til haqida qonun bizga nima uchun kerak?

G’ururimizni namoyish qilish uchunmi?

Izzat nafsimizni qondirish uchunmi?

 

21-o’quvchi

Yo’q bizga til haqidagi qonun  o’zligimizni saqlab qolosh uchun tilimizni yo’qotib yubormaslik uchun

22-o’quvchi O’zbek degan xalqning yo’q bo’lib ketmasligi uchun milliyligiizni unutmasligimiz uchun kerak

 

23-o’quvchi endi esa ona tilimizni madh etuvchi sherlarni e’tiboringizga havola etamiz

 

24-o’quvchi ming yillarkimbulbul kalomi

O’zgarmaydi yaxlit hamisha

Ammo sho’rlik to’tining holi

O’zgalarga taqlid hamisha

 

25-o’quvchi  ona tilim sen borsan shaksiz

Bulbul kuyin sherga solaman

Swn yo’qolgan kuning shubhasiz

Nen ham to’ti bo’lib qolaman

Q  O’  SH  I  Q  :

26-o’quvchi til o’tgan avlodlar tajribasi bilimlar nbatijalarini kelkgusi avlodlarga yetkazuvchi ko’prik hamdir

 

27-o’quvchi shu o’rinda o’zbek adabiy tiliga asos solgan uni davlat tili maqomiga ko’targan millat  fidoyilaridan biri A Navoiy.

 

28-o’quvchiBiz har ga tilimizning ravnaqi haqida gap ketganda Navouyu Boburlarni Mashrab-u Ogahiylarni tilga olamiz

 

29-o’quvchi  Bu til Navoiyning latif navosini Boburning Vatan sog’inchini Qodiriy armonlariyu Otabek va Kumushning dil nolalarini asrlar osha opchlab o’tgan tildir

 

30-o’quvchi Onatilimizgfa davlat tili maqomi berilgach 24 moddan iborat davlat tili haqidagi qonun ishlab chiqildi

 

 

31-o’quvchi  Biz  ona tili fani doirasida o’tkazgan “Ona tilim –sen ruhimning qanoti” deb nomlangan tadbirimizni sizga havola etdik

 

32-o’quvchi  Xayr sog’ va salomat bo’ling

 

Оставьте комментарий