DO`STLARGA ULASHING:
Samsung Galaxy M17 rasmiy taqdim etildi — bu Samsung’ning yangi byudjet (arzon) smartfoni.
🔺 Asosiy texnik xususiyatlari:
• Displey: 6,7 dyuymli Super AMOLED, FHD+, 90 Hz yangilanish tezligi, yorqinligi 1100 nitgacha.
Ekran Corning Gorilla Glass Victus himoyasiga ega.
• Kameralar:
• Old kamera — 13 MP
• Asosiy kamera — 50 MP (optik stabilizatsiya bilan)
• 5 MP — ultra keng burchakli
• 2 MP — makro kamera
• Protsessor: Exynos 1330
• 4 GB yoki 8 GB RAM, 128 GB xotira, microSD kartalar 2 TB gacha qo‘llab-quvvatlanadi.
• Batareya: 5000 mA·soat, 25 Vt tez zaryadlash.
• Tizim: OneUI 7 (Android 15) — qurilmada allaqachon o‘rnatilgan.
• Qo‘shimcha: yon tomonda barmoq izi skaneri, IP54 darajadagi suv va changdan himoya, tanasi esa juda yupqa — 7,5 mm.
💰 Narxlar:
• 4 GB / 128 GB versiya — 140 $
• 8 GB / 128 GB versiya — 175 $
