DO`STLARGA ULASHING:
O‘zbekistonda 2024-yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori qancha?
Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40 million so‘m etib belgilandi. Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 million so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizini) zakot niyatida haqdorlarga beradi.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
— bug‘doydan 14 000 so‘m;
— arpadan 20 000 so‘m;
— mayizdan 110 000 so‘m;
— xurmodan 180 000 so‘m.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.
Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi mumkin. (https://daryo.uz/2024/03/07/ozbekistonda-2024-yil-uchun-zakot-fitr-sadaqa-va-fidya-miqdori-elon-qilindi)