O‘zbekistonda karantin yana kuchaymoqda

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekistonda karantin yana kuchaymoqda
• Joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi;
• Xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;
• Joriy yilning 28 iyunidan boshlab respublika bo‘ylab ko‘ngilochar ob’yektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob’yektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00dan 20:00gacha ruxsat beriladi;
• Ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish ob’yektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig‘imining 50%dan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilandi.

Оставьте комментарий