Panjara ortida batafsil ma`lumot

DO`STLARGA ULASHING:

Panjara ortida (inglizchaPrison Break; asl tarjimasi: Qamoqdan qochish) — Amerika TV seriali. Rejissor — Paul Scheuring. Serial 5 ta fasldan iborat. Dastlabki 4 ta fasl 2005-yil 29-avgustdan 2009-yil 15-mayga qadar suratga olingan. Oxirgi 5-fasl 2017-yil 4-apreldan 30-maygacha suratga olingan. Serial ikki aka-uka haqida boʻlib, ulardan biri qotillikda ayblanib oʻlim jazosiga hukm qilinadi, ikkinchisi esa uni qutqarish uchun harakat qiladi.
panjara-ortida
panjara-ortida
Serial voqelari ikki aka-uka: Lincoln Burrows va Michael Scofield atrofida aylanadi. Linkoln qilmagan gunohi uchun oʻlimga hukm etiladi. Maykl esa puxta oʻylangan reja orqali akasining qamoqdan qochishiga va uning nomini oqlashga yordam bermoqchi boʻladi. Voqealar shu tarzda boshlanadi. Panjara ortida seriali 2003-yilda uzoq muddatga moʻljallangan kelishuv Foks tomonidan rasman rad etilgan. Ammo „Lost“ (Yoʻqolish) va „24“ nomli seriallarning mashxurligidan keyin Foks 2004-yilda bu serialga qaytdi. Serialning birinchi fasli ijobiy qarshi olindi va reytinglarda yaxshi oʻrinni egalladi. „Panjara ortida“ serialining birinchi fasli, asllida 13 qismdan iborat boʻlishi kerak boʻlgan. Ammo serialning kutilmaganda mashxur boʻlishi qoʻshimcha yana 9 ta seria bilan kengaytirilgan. „Panjara ortida“ seriali ilk faslidayoq bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritdi. Xususan, 2005-yilda eng yaxshi televizion drama serial uchun beriladigan „Golden Globe“ (Oltin globus) sovrinini, 2006-yilda odamlarning sevimli yangi dramasi sovrinini qoʻlga kiritdi. Bu serialning 5 fasli ham AQSh va butun dunyo boʻylab ommaga taqdim etildi.
Serialning 1-fasli 2005-yil 29-avgustdan boshlab efirga uzatilgan va 2006-yil may oyida 1-fasl tugagan. 2-fasli esa 2006-yil avgustidan 2007-yil apreligacha efirga uzatilgan. 3-fasli 2007-yil sentabrdan 2008-yil fevraligacha hamda 4- fasli 2008-yil sentabrdan 2009-yil mayigacha efirga uzatilgan. Uzoq yaʼni 8 yillik tanaffusdan soʻng 2017-yilda serialning 5-fasli efir yuzini koʻradi. 2020-yil „Panjara ortida“ serialining 6-fasli efirga uzatish rejalashtirilgan. Bu fasl final yaʼni oxirgi fasli deyilayapti.
Fasllar[tahrir]
Fasllar
Qismlar
Suratga olingan
Boshlangan
Tugatilgan
1
22
2005-yil 29-avgust
2006-yil 15-may
2
22
2006-yil 21-avgust
2007-yil 2-aprel
3
13
2007-yil 17-sentyabr
2008-yil 18-fevral
4
24
2008-yil 1-sentyabr
2009-yil 15-may
5
9
2017-yil 4-aprel
2017-yil 30-may

21 комментарий к “Panjara ortida batafsil ma`lumot”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: Denver magic mushroom shop

  4. Уведомление: magic mushroom microdose for sale​

  5. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  6. Уведомление: snuscore de

  7. Уведомление: passive income

  8. Уведомление: New Fake UK passports available

  9. Уведомление: the one up

  10. Уведомление: click to investigate

  11. Уведомление: straight from the source

  12. Уведомление: benelli firearms for sale

  13. Уведомление: buy winchester arms

  14. Уведомление: bbw housewife cam

  15. Уведомление: Buy Golden Teacher Mushroom Online Queensland

  16. Уведомление: Find Out More

  17. Уведомление: dumps shop

  18. Уведомление: biilad rafidain

  19. Уведомление: buy crack cocaine online

  20. Уведомление: faceless niches

  21. Уведомление: รับทำ SEO สายขาว

Комментарии закрыты.