Parijda Eyfel minorasini tantanali ochilishi bo’lib o’tgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Shu kuni konstruktor Gustav Eyfel minora cho’qqisida Fransiyani bayrog’ini o’rnatdi. Bugun Eyfel minoraning  konstruksiyasi-Fransiyada eng tanilgan, diqqatga sazovor me’moriy   joylaridan bo’lib,  dunyoda  Parij ramzi hisoblanadi. Konstruktorning o’zi  uni -oddiy, 300 metrli minora deb biladi.  Eyfel minora vaqtinchalik inshoat bo’lib, 1889 yilda o’tkaziladigan Butunjahon ko’rgazmaning kirish arkasi sifatida qurilgan edi. Yigirma yildan so’ng inshoat  buzib tashlash rejalashtirilgan, ammo faqat cho’qqida o’rnatilgan  radioantennalar olib tashlangan.   Fransuz inqilobining yuz yilligiga bag’ishlab, Fransiya xukumati Butunjahon ko’rgazma uyushtirish mo’ljalladi va Eyfel minorasiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha  loyixalar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 107  da’vogarlar  qatnashdi,   Gustav Eyfel   loyixasi  birinchi o’rinni egallaydi. “Fransiya -300 metrli bayroq o’rnatiladigan tik  xodaga ega bo’lgan yagona mamlakatdir ” -sevinch bilan  ta’kidlaydi Eyfel. Qiriq yil mobaynida u dunyodagi eng baland minora bo’ldi. 1930 yili Nyu-Yorkda Kraysler Bilding undan o’tib ketdi. Televizion minora — radio televizion uzatish stansiyasi; televideniye, radioeshittirish, radiotelefon va radiotele aloqasi antennalari o’rnatiladigan tayanch. Balandligi televizion stansiyaning ta’sir radiusiga va uzatuvchi televizion antennaning soni hamda o’lchamiga qarab belgilanadi. Televizion minora qanchalik baland bo’lsa, antennalarning ta’sir doirasi shunchalik keng bo’ladi. Televizion minoraga bir nechta televizion antennalardan tashqari ultraqisqa to’lqinli radio eshittirish antennalari, radioreleli aloqa, ko’chma radiotelefon antennalari o’rnatilishi mumkin. Ba’zan Televizion minoraga meteorologik kuzatish asboblari ham o’rnatiladi. Televizion minora metall (po’lat) yoki temir-betondan turli me’moriy yechimlarda quriladi. Katta shaharlardagi Televizion minoralarning ko’pida shahar manzarasini kuzatish uchun maydoncha, kafe yoki restoran bo’ladi. Minora ichiga barcha kommunikatsiya vositalari, yukorigi ichki qismiga radiouzatkich va boshqa elektron jihozlar joylashtiriladi. Dunyodagi eng baland Televizion minoralardan biri Ostankino (Moskva)dagi Televizion texnika markazidir (533,3 m, 1967). Kanadadagi Toronto Televizion minorasi dunyodagi eng baland minora hisoblanadi (550m,   1974).  Tokioda 600m li Televizion minora qurishga kirishildi (2004 y.). Toshkentda 2 ta Televizion minora bor 1 teleminora 180 m, balandligada  1956 yili qurilgan. Teleko’rsatuvlar ko’lamini kengayishi munosabati bilan  kuchli radiotelevizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj tug’ilgach, 1978 — 1985 yillarda  balandligi 375 m. ikkinchi teleminora  qurildi. (Me’morlari:Yu.Semashko, N. Terziyev-Sarukov)

15 комментариев к “Parijda Eyfel minorasini tantanali ochilishi bo’lib o’tgan kun”

  1. Уведомление: usa dumps with pin

  2. Уведомление: freelancewriterguild.com

  3. Уведомление: legit dumps shop

  4. Уведомление: one up bars review

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: sportsbet

  7. Уведомление: dumps pin sites

  8. Уведомление: คลิปหลุดใหม่

  9. Уведомление: เงินด่วน ออนไลน์

  10. Уведомление: passive income ideas

  11. Уведомление: index

  12. Уведомление: roof skylight

  13. Уведомление: his comment is here

  14. Уведомление: 티비위키

  15. Уведомление: cartel oil gummies

Комментарии закрыты.