DO`STLARGA ULASHING:
QADRLI JIGARLARIM
Har doim bo‘lgan hamroh,
Birlashgan bu et-tirnoq,
Sizsiz yorishmas chiroq,
Mehribon jigarlarim.
Qo‘ndirmas iymonga gard,
Harom luqma yemas mard,
Duo qilaman omad,
Qadrli jigarlarim.
G‘ururim, nomusimsiz,
Mehribon insonimsiz,
Sizlar mening borimsiz,
Mehribon jigarlarim.
Sizlar borki, men mag‘rur,
Yuzingizdan kulsin nur,
Sizdan olaman huzur,
Qadrli jigarlarim.
Ko‘kka cho‘zib bu qo‘lim,
Ko‘targansizlar qaddim,
Ishonganim—davlatim,
Mehribon jigarlarim.
Sizni ko‘rsam, ketar g‘am,
Siz bilan go‘zal olam,
Yaqinim diydor malham,
Qadrli jigarlarim.
To‘planib qilib bayram,
Opa-singil siz tanam.
Aka-ukam, kelinoyim,
Mehribon jigarlarim.
Doim bo‘ling sog‘-omon,
Omonatdir axir jon,
Sizni ko‘rayin har on,
Qadrli jigarlarim.