Kalmar o‘yini yaratilish g‘oyasi

DO`STLARGA ULASHING:

Kalmar o‘yini yaratilish g‘oyasi

“Kalmar o‘yini” nafaqat syujet ohangi, balki uning yaratilish tarixi bilan ham qiziqarli. Serial rejissyori va ssenariy muallifi Xvan Don Xyok bu g‘oyani o‘zining shaxsiy hayotidan ilhomlanib yaratgan.

💡 Ilhom manbai

2008-2009-yillardagi global moliyaviy inqiroz Xvan Don Xyokning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘sha paytda jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan va hatto o‘z ssenariylarini yozish uchun kitoblarini sotishga majbur bo‘lgan. Inqiroz davrida Xvan yangicha dunyoqarashni shakllantirib, jamiyatdagi iqtisodiy tabaqalanish va inson hayotining qadrini tahlil qila boshladi.

Hozirgi kapitalistik tizim insonlarni qanday qiyin qarorlar qabul qilishga majburlashi, pul uchun etika va axloqni chetga surish xolati Xvanni juda o‘ylantirdi.

📚 Manga va filmlar ta’siri

Xvan Don Xyok Yaponiyaning mashhur mangalari, jumladan “Battle Royale” va “Liar Game”dan ilhomlanganini tan olgan. Unga shuningdek, Janubiy Koreyaning qashshoqlik va boylik o‘rtasidagi katta farqini ko‘rsatuvchi voqealar ham ta’sir qilgan.

🕰️ 10 yillik kurash

Ssenariy 2009-yildayoq yozib tugallangan, lekin uning radikal mazmuni tufayli prodyuserlar serialni moliyalashtirishdan qo‘rqqan. Xvan o‘z g‘oyasiga sodiq qolib, o‘n yil davomida uni hayotga tatbiq qilish yo‘lini qidirdi. 2021-yilda Netflix uning g‘oyasini qabul qildi va serial dunyo bo‘yicha mega-xitga aylandi.

Serialning 2-faslini ko‘rdinggizmi?

📊@jahon_statistikalar💠

Оставьте комментарий