DO`STLARGA ULASHING:
QORGA MAKTUB
????????
Bugun qishning ilk kuni,
Ancha kuchli sovuq bor.
Biz intizor kutyapmiz
Yog’a qolgin oppoq qor.
*????????*
Qishki kiyim taxt qildik,
Kutib turar chanamiz.
Seni chindan sog’indik ,
Yog’sang-chi, quvonamiz.
*????????*
Erinmaymiz kurashdan,
Qorbo’ron ham o’ynaymiz.
Qorbobo yasab ba’zan,
Zavqlanamiz, to’ymaymiz.
*????????*
Yog’gin, tog’-u toshlarga,
Bog’-rog’larga husn ber.
Xursand bo’lar tabiat,
To’yinadi ona yer.
*????????*
Seni juda sog’indik,
Yog’a qol, qoldik kutib.
Shu bois biz quvnoqlar
Bir bo’lib yozdik maktub.
????????
RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumani