MADHIYAM

DO`STLARGA ULASHING:

MADHIYAM
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Har tongda jaranglab kuylanar qo’shiq,
Jo’r bo’lib kuylaymiz barchamiz jo’shib,
Yurakdan kuylaymiz yurt nomin qo’shib,
Baralla yangrayver, mening madhiyam,
Yurtimning shon-sha’ni bo’lgan madhiyam.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Yurtimning o’tmishi, buguni o’zing,
Barchaga birdayin yod har bir so’zing,
Yurakdan aytilar, quvonar ko’zim,
Baralla yangrayver, mening madhiyam,
Yurtimning shon-sha’ni bo’lgan madhiyam.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sen bilan tong otar aytsam har kunim,
Sen bois ishlarda bordir-a, unum,
Kunduzi charog’on, yorug’dir tunim,
Baralla yangrayver, mening madhiyam,
Yurtimning shon-sha’ni bo’lgan madhiyam.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumani

Оставьте комментарий