“Qo`shiq bo`lib qaytaman…” Muhammad Yusufga atab tadbir ishlanmasi

DO`STLARGA ULASHING:

Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 61yilligiga bag`ishlangan «Ulug`imsan Vatanim» deb nomlangan adabiy-musiqiy kechaning ssenariysi.
         Tadbir o`tkaziladigan zal bayramona bezatiladi. «Muhammad Yusuf 61  yoshda»mavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Ko`rgazmaga shoirning chop etilgan kitoblari, gazeta va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning fotosuratlari qo`yiladi. Kechaga shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlarni, adabiyot fani o`qituvchilarini  ham  taklif qilish mumkin.  Zalda  Muhammad Yusuf she’rlari asosida dilkash qo`shiq yangrab turadi.
       Tabdirni o`tkazishdan oldin  ishtirokchilarga she’rlar bo`lib beriladi.
        Boshlovchilar adabiy kechani ochiq deb e’lon qilib, kechaga tashrif buyurgan mehmonlarni va ishtirokchilarni qutlaydilar.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum she’riyatga oshno qalblar!
1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she’rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz xayot bo`lganlarida hozir 55 yoshni qarshilagan bo`lar edilar, ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. U kishi oramizda yo`q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she’riyat bor.
1-boshlovchi: Bu she’riyat aslo zavol ko`rmaydi. Shoirdan  chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Xaqiqiy ma’nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga ta’luqli desak xato qilmaymiz.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi. 1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar esa «Toshkent oqshomi» gazetasida ishlagan.
1-boshlovchi:1986-1992 yillar G`afur g`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillar «O`zbekiston ovozi» gazetasida ishlagan.
1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan. 1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan. 1997 yildan to vafoti gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
2-boshlovchi:  Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo`lsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig`latadigan, o`ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she’ru qo`shiqlari bilan yashab qoladi.
1-boshlovchi: Shoirning ilk to`plami «Tanish teraklar» nomi bilan 1985 yilda nashr etildi. 1987 yildan to 2004 yilga qadar uning  «Bulbulga gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Xalima enam allalari», «Ishq kemasi», » Ko`nglimda bir yor», «Bevafo ko`p ekan», «Erka kiyik», «Yolg`onchi yor», «Osmonimga olib ketaman», «Saylanma» kabi asarlari nashr qilingan.
2-boshlovchi:  Azizlar keling sizlarni bugungi kechamizga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o`tsam, ular Muhammad Yusufning eng yaqin insonlari  va taniqli shoir va yozuvchilarimizdir.
Mehmonlar bilan tanishtiriladi
Shundan so`ng boshlovchi davraga o`quvchilarni taklif qiladi va ular shoirning «Talabalar madhiyasi» she’rini yoddan ifodali aytib beradilar;
          1-o`quvchi.
                           Alp o`g`lonlar o`lkasi bu ko`hna Turon
                           Qalqonlari, qanotlari ilm istang.
                           Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
                           Alisherning avlodlari ilm istang!
        2-o`quvchi.
                           Taxtdan tushganda ham otdan tushmagan,
                           Ajdodingiz uy qurmagan-Davlat qurgan.
                           Yurti uchun yelkasida tog`lar surgan,
                           Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.
       3-o`quvchi.
                           Ko`z ochgandan kezib yetti bag`ri ummon,
                           Yetti tilda so`zlashgan biz tili biyron.
                           Vatanida Tojmahallar tiklar sulton-
                           Boburlari, Behzodlari ilm istang.
          4-o`quvchi.
                          Qaq yo`lida siz ilmning ummatlari,
                           Xalq yo`lida hidoyati, himmatlari,
                           Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari
                           Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.
         5-o`quvchi.
                           Ilm istang, izingizdan ibrat yoqsin,
                           Ihlosingiz, shahdingizdan shiddat yoqsin.
                          Ortingizdan mag`rur-mag`rur millat yoqsin-
                          Mulki Turon najotlari, ilm istang
 6-o`quvchi.
                          Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,
                          Erkli elning qanotlari, ilm istang.
                          Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
                          Alisherning avlodlari, ilm istang.
         1-boshlovchi: Muhammad Yusuf xalq  dardini tushunardi, Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib ijod qilgan. Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.
So`z navbati mehmonlarga beriladi. Mehmonlarning chiqishi.
1-boshlovchi: Qiziqarli suhbatingiz uchun sizlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Shundan so`ng davrada sho`h qo`shiq yangraydi. Maktab o`quvchilari Muhammad Yusufning she’ri bilan ijro etilgan qo`shiqqa raqs ijro etadilar.
1-boshlovchi: Chiroyli raqsingiz uchun uchun rahmat.
2-boshlovchi:    Muhammad Yusuf kitoblarini varaqlasangiz, quloqingiz ostida qo`shiq yangrab turgandek har bir she’rni zavq-shavq bilan o`qiysiz. Qat-qatidagi ichki dardga sherik bo`lasiz. U Vatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta olgan.
          1-boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko`rish nasib etdi. Yurtning eng ulug` bayramlarida uning qo`shiqlari baralla yangraydigan bo`ldi.
O`zbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto o`z madhiyalariga aylantirib yubordilar.
2-boshlovchi: . Shu o`rinda hurmatli yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga shaxsan  e’tiborini aytib o`tishimiz lozim. Shoir Muhammad Yusufga Prezidentimizning mehrlari bobomiz Ulug`bek haqidagi qo`shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. «Xalq shoiri» unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga  o`zlari topshirgan edilar.
1-boshlovchi: Xurmatli mehmonlar va qadrli o`quvchilar, keling hozir Muhammad Yusufning xotirasini yod etib, hammamizga yod bo`lib ketgan «Fidoying bo`lgaymiz-O`zbekiston» qo`shig`ini birgalikda ijro etaylik.
                                Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
                                Ham oq yuvib oq taragansan o`zing bizni.
                                Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
                                Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
                                Fidoying bo`lgaymiz seni,O`zbekiston,
                                Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!…
                                Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joninga,
                                Alpomishlar ruhi yor har o`g`loninga.
                                Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
                                Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oninga.
                                Adoyining bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
                                Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!…
                                Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
                                Ko`zlaringa ikki dunyo tor bo`ladi.
                                Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar,
                                Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
                                Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
                                Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!…
2-boshlovchi: Shoir bu satrlarni bitar ekan, ajdodlarimizga bo`lgan xurmatni, Vatanning naqadar ulug`vorligini,  jasurlik, fidokorlik kabi fazilatlarni o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirgan holda  vatanparvarlikka da’vat etdi..
Boshlovchilar tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, ular orasidan shoirning she’rlarini yod olgan o`quvchilarga navbatni beradilar.
1-boshlovchi:   Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Muhammad Yusuf kamdan-kam tug`iladigan iste’dod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi.
2-boshlovchi:       Xulosa qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi,uslubiga ega san’atkorga aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz.
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf tavalludining 55 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan kechamizning aziz mehmoni bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan minnatdormiz.
Ushbu tavsiya etilayotgan tadbir ssenariysi namunaviy bo`lib, har bir ta’lim muassasasi ma’sul xodimlari mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, unga ijodiy yondoshadilar va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etadilar, degan umiddamiz.
 tez og`izga tushdi. Biror shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo`lmagan. Ochig`ini aytsam, Muhammadga ko`z tegdi.  Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortdan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o`lmas meros qoldirdi.
Muhammad she’r muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. Endi shoirning o`zi yo`q. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish She’riyati bor. Bu she’riyat aslo zavol bilmaydi».
Said Ahmad,
O`zbekiston qahramoni,
O`zbekiston xalq yozuvchisi.
            «U obro` talashmas, izzatini so`roqlab yugurib yurishdan or qilardi. Xuddi shundoq yaxshi insongina yaxshi ijodkor bo`lishi tabiiy va qonuniydir. Shu kabi yuksak fazilatlar tufayli Muhammad Yusufni xalqimiz ardoqladi. Yurtboshimiz otalarcha mehr ko`rgizdi. Uning xizmatlarini davlatimiz munosib baholadi»
                                                                             Abdulla Oripov,
                                                                  O`zbekiston qahramoni
                                                               O`zbekiston xalq shoiri.
         «Bu ozg`ingina, istarasi issiq, qorachagina yigitcha bir ko`rishdayoq meni o`ziga tortgan edi. Shu o`rinda bir narsani ta’kidlamoqchimanki, inson umrining ohirigacha ilm o`rganadi, xayot darsini o`rganadi. Ammo she’r yozish ilmi shunday ilmki, uni o`rganib bo`lmaydi. U tug`ma bo`lishi kerak.
Muhammad ham tug`ma iste’dod sohibi edi. U bu iste’dodni rivojlantirdi, o`ziga talabchan bo`ldi».
                                                                          Erkin Vohidov,
                                                                O`zbekiston qahramoni.
                                                         O`zbekiston xalq yozuvchisi.
       » U rostgo`y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to`la. U Vatan haqida kuylaydimi, muhabbat haqida qo`shiq to`qiydimi, yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi, hamisha xayotga, haqiqatga hamnafaslik tuyg`usi sezilib turardi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og`zaki ijodiga qamohangdir».
O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning asosiy sanalari
        1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keldi.
         1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kirdi.
         Talabalik yillarida uning dastlabki she’rlari «Yoshlik» jurnalida, «O`zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bosildi.
        Ilk to`plami «Tanish teraklar» 1985 yilda nashr etildi. «Bulbulga gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Xalima enam allalari» (1987), «Ishq kemasi», » Ko`nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko`p ekan» (1997), «Erka kiyik» (1992), «Yolg`onchi yor», «Osmonimga olib ketaman» (1994), «Saylanma» («2001, 2002, 2003, 2004) kabi asarlari nashr qilingan.
        1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar «Toshkent oqshomi» gazetasida ishlagan.
        1986-1992 yillar G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillar «O`zbekiston ovozi» gazetasida ishlagan.
        1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan.
        1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan.
        1997 yildan to vafoti (2001yil 30 iyul)gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

Оставьте комментарий