Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon

DO`STLARGA ULASHING:

Yaqindagina avtonomlik testida iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Uning g‘olibi esa Samsung yoki Google flagmani emas, balki xitoylik smartfonsozning yangi modeli bo‘lib chiqqan! Bundan tashqari…

 

Endi esa Android Insider nashri quvvati uzoq vaqtga yetuvchi turli smartfonlar reytingini taqdim etdi. Mazkur test qurilmalarning to‘rtinchi avlod uyali aloqa standarti – LTE tarmog‘ida internet ishlatganda quvvati qancha vaqtga yetishi bo‘yicha o‘tkazilgan.

Quyidagi ro‘yxatda ularni avtonomligi kamayib borishi bo‘yicha ko‘rmiz; unda har bir modelning akkumulyator tok sig‘imi hamda quvvati necha soatga yetgani aks etgan:

  1. Moto G Power (5000 mA/soatlik) — 16:10
  2. Moto G7 Power (5000 mA/soatlik) — 15:35
  3. Asus ZenFone 6 (5000 mA/soatlik) — 15:01
  4. Samsung Galaxy A20 (4000 mA/soatlik) — 13:46
  5. LG V60 ThinQ 5G (5000 mA/soatlik) — 12:46
  6. Samsung Galaxy S10 Plus (4100 mA/soatlik) — 12:35
  7. Moto G Fast (4000 mA/soatlik) — 12:17
  8. Moto G Stylus (4000 mA/soatlik) — 12:13
  9. Motorola Edge (4500 mA/soatlik) — 12:12
  10. Samsung Galaxy S20 Ultra (5000 mA/soatlik) — 11:58
  11. iPhone 11 Pro Max (3969 mA/soatlik) — 11:54
  12. LG G8X ThinQ Dual Screen (4000 mA/soatlik) — 11:46
  13. Moto Z4 (3600 mA/soatlik)- 11:31
  14. iPhone 11 (3110 mA/soatlik) — 11:16
  15. OnePlus 8 Pro (4510 mA/soatlik) — 11:05

Eslatib o‘tamiz, na video ko‘rish, na qo‘ng‘iroq, na suratga olish funksiyalari sinab ko‘rilmagani bois, buni to‘laqonli ob’yektiv tajriba deyish qiyin, albatta. Biroq har birimiz smartfonni o‘zimizga xos ssenariy bo‘yicha ishlatishimizni hisobga olsak, aynan o‘zimiz o‘tkazgan tajribagina ob’yektiv bo‘lishi mumkin.

terabayt.uz

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek