Ucelldan «Student» tarif yangilanish

DO`STLARGA ULASHING:

Endi esa kompaniya talabalar uchun ajoyib xushxabar ulashdi: «Student» tarif rejasida endi yanada ko‘proq internet taqdim etilmoqda.

Ucell rasmiy xabariga ko‘ra, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab «Student» tarif rejasining shartlari o‘zgartiriladi. Endi tarif rejasi doirasida quyidagi oylik internet limitlari taqdim etiladi:

  • 500 MB umumiy internet-trafik,
  • 1,5 GB tungi internet-trafik,
  • ijtimoiy tarmoqlar uchun 500 MB internet-trafik,
  • Tas-IX uchun 1 GB internet-trafik.

Bulardan tashqari, «Student» tarif rejasi ichida muloqot uchun 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha so‘zlashuvlarga 200 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 200 SMS ham beriladi. Oylik abonent to‘lovi esa bor-yo‘g‘i 10000 so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, yana bir xushxabar: 2020 yil 13 noyabrdan boshlab «Student» tarif rejasida 10 000 so‘mga 2 GBlik va 15 000 so‘mga 3 GBlik maxsus internet-to‘plamlar ham joriy etiladi.

«Student» tarif rejasining hozirgi shartlari haqida operator saytining tegishli bo‘limida batafsil ma’lumot berilgan.

terabayt.uz

Оставьте комментарий