«Salt Bae»- Nusret Gokche aslida kim?

DO`STLARGA ULASHING:

Ijtimoiy tarmoqlar orqali barchaga yaxshi tanilib ulgurgan turk oshpazi Nusret Gokche tuz sepish usuli bilan shov-shuvga aylandi. Bugungi maqolamiz orqali u haqidagi ma’lumotlarni siz bilan bo’lishmiqchimiz!
Nusret Gokche (1983 yil 9 avgustda tug’ilgan, Tuz Bae laqabini olgan ( «tuz yigit», bae — inglizcha do’st yoki bola so’zining jarangli shakli)) — turkiyalik qassob, oshpaz  va steykovlar tarmog’iga ega restoratordir. Nusr-Etning pishirish texnikasi Internet memiga aylandi.
Shaxsiy hayoti
Gokche Turkiyaning Erzurum shahrida kurd oilasida tug’ilgan. Uning otasi konchi bo’lgan. Oilaning og’ir ahvoli uni 6-sinfligidan ishlashga majbur qildi va u Istanbulning Kadikoy tumanida qassob bo’lib ishladi. Vaqt o’tishi bilan u shaxsiy biznesini yo’lga qo’yib, bugungi kundagi ko’plab mashhurlar ovqatlanadigan restoranlarning egasiga aylandi. Gokche xayriya ishlarida faol qatnashadi, u o’zining tug’ilgan Erzurumida maktab qurdirgan. 2017 yil yanvar oyidan beri Gokche, go’shtni pishirib, tuzni mohirona sepgan  bir qator video memlari  tufayli mashhurlikka erishdi.
Uning «tashrif qog’ozi»ga aylangan videosi  2017 yil 7 yanvar kuni Twitterdagi sahifasida joylashtirilgan «Ottoman steak» videosi edi. Bu video Instagramda 10 million marta ko’rildi, shundan so’ng Gokche Salt Bae («tuzli yigit»)deb atala boshlandi. Videoning keng repostlari tufayli Gokche You Tubeda ajoyib shuhrat qozondi, buning natijasida butun dunyodagi taniqli shaxslar va siyosatchilar uning restoranida tez-tez mehmon bo’lib turishdi.
Gokche 2007 yildan 2010 yilgacha bir qator mamlakatlarda, jumladan Argentina va AQShda bo’lgan va u yerda oshpaz va restorator sifatida tajriba orttirish uchun mahalliy restoranlarda ko’ngilli ravishda qatnashgan. Turkiyaga qaytib kelgandan so’ng, 2010 yilda Istanbulda birinchi restoranini ochdi keyin esa 2014 yilda Dubayda restoran ochdi. Keyinchalik Gokche yana bir qancha shaharlarda filiallarini ochishga erishdi.
Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, turkiyalik oshpaz Nusret Gokche o’zining steyklarini  mohirona tayyorlaganligi va tuz  sepishdagi imzo ishorasi bilan butun dunyo bo’ylab taniqli bo’lishi uchun Amerika PR agentligi bilan shartnoma tuzgan.

Uchankush portalining aytishiga ko’ra, dunyoning turli mamlakatlarida keng miqyosli PR-kampaniya Gokchega kamida ikki million dollarga tushdi.
Ma`lumotlarga ko’ra, turkiyalik oshpaz va restoranlar egasi Nusret Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio Dubaydagi restoraniga tashrif buyurishiga, shuningdek Amerikaning mashhur «Narco» serialida kichik ro’l ijro etish  uchun katta miqdorda pul to’lagan.

Nusret Gokchedan o’zining mashhur jestini takrorlaganligi uchun mukofot olganiaytilayotganlar orasida italiyalik futbolchi Marko Borrielo, qo’shiqchi Bruno Mars, Amerikaning «Golden State Warriors» basketbol jamoasi,Turkiyaning «Galatasaroy» futbol klubi hujumchisi Lukas Podolski, braziliyalik himoyachi Mateus Doriya va boshqa taniqli shaxslar ham bor.

14 комментариев к “«Salt Bae»- Nusret Gokche aslida kim?”

  1. Уведомление: best dumps 101 website

  2. Уведомление: fake watches

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: COD Vanguard hacks

  6. Уведомление: mp3juice.tools

  7. Уведомление: เงินด่วนบ้านกรวด

  8. Уведомление: stop screenshot

  9. Уведомление: Depression Cure

  10. Уведомление: Achieving financial freedom

  11. Уведомление: pour apprendre plus

  12. Уведомление: official source

  13. Уведомление: ufabet365

  14. Уведомление: 다시보기

Оставьте комментарий