Перейти к содержимому
DO`STLARGA ULASHING:
Arzon — aslida qimmat…
Oyoq kiyim sotib olyapsiz, do’konda 200 ming so’mga oyoq kiyim turibdi, keyin yana bitta 400 ming so’mligi turibdi. Tabiiyki, qimmatrog’i bunisidan ko’ra sifatli. Siz yuqori ehtimollik bilan 200 ming tejash haqida o’ylaysizda, arzon oyoq kiyimni olasiz. Qish ichi uni maza qilib kiyasiz, lekin u jonivor bahorgacha zo’rg’a bardosh beradi. Endi uni boshqa kiyib bo’lmaydi. Narigi 400 ming so’mlik oyoq kiyimni esa kamida 3 yil kiyish mumkin edi. Kamiga sifatsiz mahsulot olganda har yili bozorga borishga vaqt va xarajat qilasiz. Yaxshilab o’ylab ko’ring, siz tejamadingiz, zarar ko’rdingiz.
Kasalxonalar oldiga borib 1-2 soat odamlarni kuzating. Kasal yotganlar va ularning tashqarida kutayotgan qarindoshlari odatda yuqori ehtimollik bilan jamiyatning o’rta va undan past qatlami vakillari bo’ladi. Nega? Chunki ular baxil, o’zi uchun baxil. JSST ning statistikasi bo’yicha kasalliklarning 50% bizning turmush tarzimiz natijasida kelib chiqarkan. Biz yeb ichayotgan, yashayotgan muhitimiz sog’lig’imizga katta ta’sir ko’rsatadi. Sifatli ovqat yemaymiz, arzonrog’iga uchamiz doim. Bozorga borsak, o’sha yerdagi perashkidan yeymiz, aslida yog’ni faqat bir marta qizitib ishlatish mumkinligini, uni takror qizdirilganda kanserogenlik xususiyati oshib ketishini bilmaymiz. Uyga xarajat qilayotganda kolbasaning ham eng arzonini olamiz. Aslida 1 kg go’sht 90 ming bo’lgan holda 30 mingga 1 kg kolbasa olganimizga xursand bo’lamiz. Uni ichida nima borligi xayolimizga ham kelmaydi. Xullas, o’zimizdan pulni o’lgudek qizg’onamiz. Lekin o’lar holatda kasalxonaga tushgach, falon so’mga dori ichamiz. Axir o’sha doriga sarflangan pulning teng yarmiga mutlaqo sifatli oziq-ovqat yeyish mumkin edi-ku. Kasalliklar yaxshi ovqatlanmasligimiz, yilda bir marta bo’lsa ham biror joyga borib dam olmasimizdan kelib chiqishini tasavvur ham qilmaymiz.
O’ylab ko’ring, arzon narsa oladigan darajada boymisiz?!