SARATON KASALLIGINI SABABI VA YECHIM

DO`STLARGA ULASHING:

SARATON KASALLIGINI SABABI VA YECHIM

Saraton hujayralarini rivojlanishiga bir nechta sabablar bor, shularni ichida eng asosiy sababini ko’rib chiqamiz.

Organizmda energiyani ortib ketishi — sog’lom va saraton hujayralari o’rtasida ko’proq energiyaga ega bo’lish uchun konkurensiya yuzaga keladi. Ko’pincha esa bu kurashda saraton hujayralari g’olib bo’ladi.

Energiyani ko’p bo’lishi — qonda insulin gormonini muntazam baland yurishiga olib keladi. Insulin anabolik gormon, ya’ni, energiyani zahiralash va hujayralarni o’stirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari insulin — kanserogen (rak hujayralarini o’sib ketishiga turtki bo’luvchi) gormon hisoblanadi.

Demak, saraton hujayralarini rivojlanishi uchun ularga ortib qolayotgan energiya va ularni o’stirib beruvchi insulin gormoni kerak.

Endi esa bu jarayonni teskari tartibda ko’rib chiqamiz.

Shakarga va kaloriyaga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish — organizmda energiyani ko’payishiga va insulinni muntazam baland bo’lishiga olib kelyapti. Bu esa saraton hujayralari uchun ayni muddao!

Me’yoridan ortiq shakar nafaqat insulinni doim baland bo’lishiga sabab bo’ladi balki yallig’lanish chaqirish xususiyatiga ham ega. Saraton hujayralari uchun esa doimiy yallig’lanish o’chog’i ham kerak.

Ortiqcha energiya — sizni kunlik energiya sarfingizga nisbatan kirayotgan kaloriyalarni ko’pligidan, oddiy tilda aytganda ko’p yeyish va kam harakatlilikdan hosil boʻladi. Bu esa semizlikni eng asosiy sababi ham. Mana nima uchun ortiqcha vazni borlarda saratonga chalinish xavfi ortib ketadi.

Ko’p yeyish tushunchasi ham nisbiy. Nimaga deganda miqdori kam bo’lgan mahsulotni kaloriyasi yuqori bo’lishi yoki aksincha miqdori ko’p bo’lgan yeguliklarni kaloriyasi kam bo’lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, saratonga chalinmaslik uchun harakatingizga yarashasidan ortiq yegulik yemang va doim faol bo’lishga harakat qiling. Haftasiga 150 daqiqa (kuniga 22 daqiqa) faol jismoniy harakat qilganlar 50% gacha saraton kasalligini oldini olishi mumkin. Buni esdan chiqarmang!

@doktorferuz

Оставьте комментарий