Bayrog’imiz.

DO`STLARGA ULASHING:

Bayrog’imiz.
Peshonangda oy yaltirar,
Yulduzlar yalt-yalt etar,
Yarashgan yurtimga,
Tumor bo’lay men senga.
Havo rang tinch osmonimiz,
Oq beg’ubor qalbimiz,
Yashil chiroy jozibamiz,
Qizil bosgan qadamimiz.
Hamma rang birlashib,
Turishiibdi yarashib.
Xilpiraver bayrog’im,
Qalbimga nur chirog’im.

 

✍️: Islomova Mukambar

 

O’zbekiston bayrog’i.
O’zbekiston bayrog’i,
Butun olamga dong’i,
U bizni g’ururimiz,
Shonu shavkat faxrimiz.
Oy tanho Vatanim timsoli,
Porloq kelajak iqboli,
O’n ikkita yulduz bu biz,
Do’st birodar ahli yuz.
Kuk musaffo osmonim,
Oq pok orzu niyatim,
Yashil jannat makonim,
Go’zal yurtim bog’-rog’im.
Qizil rang kuch qudratimiz,
Oldindagi maqsadimiz.
Bayrog’imiz bukilmasin,
Yurtimga ko’z tegmasin.

 

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий