Sekstafag foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Sekstafag foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
Qo’llanilishi?
Zararli bakteriyalar faoliyatini to’xtatadi
Quloq, burun, tomoq, nafas yo’llari va o’pka bakterial kasalliklarida
Burun bo’shlig’i, o’rta quloq sohalarining yallig’lanish kasalliklarida.
Angina
Faringit(tomoq yo»lining yallig’lanishi).
Laringit(hiqildoq devoring yallig’lanishi)
Traxeit(traxeya bo’shlig’ining yallig’lanishi)
Bronxit(bronx devorining yallig’lanishi)
Pnevmoniya(o»pka to»qimasining yallig’lanishi)
Plevrit(o’pkani tashqi tarafdan o’rab turuvchi pardaning yallig’lanishi)
Xirurgik jarayondan keyingi infeksiyalarni oldini olishda va davolashda.
Teri kuyishida
Absessda (yiringlash)
Siydik ajratish va ovqat hazm qilish tizimidagi infeksion kasalliklarda.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning yiringli yallig’lanish kasalliklarida.
Stafilakok va streptakok bakteriya tayoqchalari tomonidan chaqirilgan kasalliklarni davolashda.
Qo’llash usuli va doza?
1 kunda 1-2 mahal. Flakondan 2-8 tomchi 1 ml shpris yordamida tortib olinadi. Ochilgan flakonni strel holda sovutgichda saqlash kerak.
Davolanish vaqti 7-20 kun.
Teri ostiga yuboriladi.
Yoki tashqi kasalliklarda:
Konyuktivitda- 2-3 tomchidan bir kunda 4-5 mahal tomiziladi
Ko’z shox pardasi yarasida 4-5 tomchidan 4-5 mahal
Yiringli ko’z kasalliklarida 6-8 tomchidan xar 3 soatda.
Stomatit va surunkali yoyilgan paradontitlarda og’iz bo’shlig’i 10-20 ml dozada kuniga 3-4 mahal chayiladi.
Yiringli yallig’lanishli ginekologik kasalliklarda qin, bachadon boshlig’iga 5-10 ml dozada xar kuni 1 mahal .
Quloq tomoq burunning yiringli yallig’lanish kasalliklarida 2-10 ml dozada kuniga 3 mahal yuboriladi.
Kasallik ichaklarda bo’lsa klizma qilish orqali yuboriladi 7-20 kun.
Yoki og’iz orqali qabul qilish ham mumkin . Kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin. 5-7 kun
Sistit, uretrit, pielonefritlarda(siydik ajratish tizimi kasalliklari) qovuqqa 20-50 ml yoki buyrak jomiga 5-7 mldan 1-2 marta yuboriladi.
yiringlashda shu sohaga dokaga shimdirib bog’lanadi.
Davolanish vaqtini shifokor belgilaydi.
Dozalari 1martalik klizma uchun:
0-6 oylik 10 ml
6-12 oylik 20 ml
1-3 yosh 30 ml
3-8 yosh 40 ml
8 yoshdan kattalarga 50 ml
Doza 1 martalik ichga yuborish uchun:
0-6 oylik 5 ml
6-12 oylik 10 ml
1-3 yosh 15 ml
3-8 yosh 20 ml
8 yoshdan kattalarga 30 ml
Xomiladorlik va laktatsiya davrida qo’llash mumkin.
No’jo’ya tasiri?
Yo’q
Tarkibi?
Piobakterifag
Dori shakli?
Eritma

Оставьте комментарий